21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:37
Sport 👁 759

“Tashabbusli byudjet” mablagʻlari hisobidan 40-sonli maktab hududida zamonaviy sport maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi

“Tashabbusli byudjet” mablagʻlari hisobidan 40-sonli maktab hududida zamonaviy sport maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi

Yurtimizda soʻnggi yillarda fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi ishtiroki va tashabbuslarini ragʻbatlantirish, mahalliy muammolarni hal etishga keng jamoatchilikni jalb etish maqsadida “Tashabbusli byudjet” mexanizmi joriy etildi. Mazkur tizim orqali aholi tomonidan bildirilgan takliflar ovoz berish orqali saralanib, eng munosiblari davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirib kelinmoqda. Bu jarayon aholi talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda hududlardagi infratuzilmani yaxshilashga xizmat qilmoqda.

“Tashabbusli byudjet”ning 2024-yilgi mavsumi doirasida Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi tomonidan taqdim etilgan maktab hududida mini futbol maydoni barpo etishga doir loyiha gʻolib deb topilgan edi. Natijada mazkur ijtimoiy ahamiyatga molik loyihaga davlat byudjeti hisobidan 1 milliard 282 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.

Loyiha asosida zamonaviy mini futbol hamda voleybol va basketbol oʻyinlari uchun maydon qurildi. Qurilish ishlari “Mang‘it Invest Maksimum” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan yuqori sifatda va qisqa muddatda bajarildi. Sport inshootining yon va ustki qismi maxsus qoplamalar bilan taʼminlangani maydondan turli mavsumlarda ham samarali foydalanish imkonini yaratadi.

Joriy yilning 7-mart kuni mazkur maydonning ochilish marosimi tantanali ruhda oʻtkazildi. Tadbirda tuman taʼlim boʻlimi masʼullari, maktab pedagogika jamoasi, Yangiobod mahallasi “yettilik” aʼzolari, mahalliy faollar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan “Tashabbusli byudjet” loyihasi aholining jamiyat hayotidagi ishtirokini taʼminlash, byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish va fuqarolar fikrini inobatga olish borasida muhim platformaga aylanayotgani taʼkidlandi. Shuningdek, bunday loyihalar joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaxshilashga, yosh avlodni sportga jalb etishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Bayramona tadbir davomida maktab oʻquvchilari tomonidan kontsert dasturlari, oʻrtoqlik uchrashuvlari tashkil etildi. Xususan, yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida futbol va basketbol boʻyicha oʻyinlar oʻtkazildi.

Aytish lozimki, ushbu sport maydonining foydalanishga topshirilishi maktab oʻquvchilari hamda mahalliy yoshlar uchun zamonaviy sport bilan shugʻullanish imkoniyatini yaratib, ularning sogʻlom turmush tarziga rioya etishlari, jismoniy faolligi va musobaqalardagi ishtirokini kuchaytirishga turtki boʻladi.

Mazkur loyiha samarasida, ilgarilari mavjud boʻlmagan infratuzilma yaratilib, yoshlar uchun yangi imkoniyat eshiklari ochildi. Endilikda maktab jamoasi va faol oʻquvchilar ushbu maydondan unumli foydalangan holda sport yoʻnalishidagi salohiyatlarini namoyon etishlari mumkin.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026