16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:31
Fan va taʼlim 👁 415

“Olympia” MChJ bilan hamkorlikda “Kengru – 2025” Xalqaro matematika tanlovi oʻtkazildi

“Olympia” MChJ bilan hamkorlikda “Kengru – 2025” Xalqaro matematika tanlovi oʻtkazildi

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari orasidan matematika faniga qiziquvchi, intiluvchan va ijodkor yoshlarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatlarni roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Olympia” MChJ bilan hamkorlikda Amudaryo tumanidagi 30- va 40-sonli maktablarda tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 2-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Kenguru – 2025” xalqaro matematika tanlovi oʻtkazildi.

25-mart kuni boʻlib oʻtgan tanlovga tumanimizdagi 86 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining Olympia.uz veb sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan 2-11-sinf oʻquvchilaridan 700 nafarga yaqin matematika faniga qiziquvchi, iqtidorli yoshlar qatnashdilar.

“Kenguru – 2025” xalqaro matematika tanlovining ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining fanlar olimpiadasi boʻyicha Iqtidorli bolalar bilan ishlash sektori metodisti Fazilat Zarifova, Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov, boʻlimning Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi metodisti Rayhon Yakubova, 30-sonli maktab direktori Quvvat Niyazov, 40-sonli maktab direktori Sanobar Xoʻjamuratova hamda maktablardan belgilangan malakali mutaxassis kuzatuvchilar ishtirok etdilar.

Tanlovning ochilish marosimida Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov “Kenguru – 2025” xalqaro matematika tanlovi tashkiloti haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.

Taʼkidlanganidek, “Olympia” MChJ 2017-yil noyabr oyida tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim muassasalarida xalqaro, ommaviy, taʼlim tanlovlarini oʻtkazishni boshlagan birinchi tashkilot sanaladi. Bugungi kunga qadar tashkilot matematika, ingliz tili, rus tili, tabiatshunoslik fanlari kabi turli yoʻnalishlarda tanlovlar oʻtkazib kelmoqda. Xususan, “Kenguru” matematika tanlovida butun dunyo boʻylab 6 milliondan ortiq maktab oʻquvchilari ishtirok etishadi.

Tadbirda 40-sonli maktab direktori Sanobar Xoʻjamuratova “Kenguru – 2025” xalqaro matematika tanlovining maqsad va vazifalari haqida ishtirokchilarga zarur tushunchalar taqdim etdi. Tanlovi uchun nazorat materiallari “Kenguru” tanlovi vakillari tomonidan tuzilganligi va tashkilotning masʼul xodimi tomonidan chop etilib, maxfiyligi taʼminlangan holda tanlov oʻtkaziladigan kuni joylarga maxsus nazorat materiallari solingan qopda yetkazib berilishi, tanlov qatʼiy nazorat asosida, mutlaqo shaffof tarzda amalga oshirilishi taʼkidlandi.

Tanlov avvalida oʻquvchilar soniga mos ravishda sinflarga javoblar varaqalari, har bir sinf uchun tuzilgan savollar kitobchasi, ishtirokchi oʻquvchilar uchun “Kenguru” tanlovi tomonidan esdalik sovgʻalar olib kelindi hamda ishtirokchilarga tarqatildi.

Shundan soʻng har bir maktab uchun belgilangan koordinator va kuzatuvchilar ishtirokida tegishli xonalarda “Kenguru” tanlovining asosiy jarayoni boshlandi.

2-4-sinflar uchun 24 ta, 5-11-sinflar uchun 30 ta matematika va mantiqiy fikrlashga doir savolli test kitobchasi hamda javoblar varaqasi tatarqatildi va 1 soat 15 daqiqa vaqt berildi.

Belgilangan vaqtdan keyin kuzatuvchilar tomonidan ishtirokchilaning javob varaqalari Vazirlik maʼsul xodimiga taqdim qilinib, alohida paketga solindi va muhrlangan holda tanlov vakiliga yetkazildi. Tanlov yosh matematiklarimizning faolligi asosida, oshkoralik va jipslik ruhida oʻtdi.

Bu kabi tanlovlarning oʻtkazilishi taʼlim muassalari oʻquvchilari orasidan matematika fani boʻyicha bilimli, intiluvchan va ijodkor yoshlarni aniqlash bilan birga, oʻquvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va ularning bilimlarini obʼektiv baholashga xizmat qiladi.

Rayhon Yakubova, Amudaryo tuman MMTBning maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi metodisti.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026