AMUGA EL BÖLGAN QORAQALPOQ QIZI
Yaratganning xohiş-irodasi bilan inson umri, hayot yöli qanday keçişi uning özi dunyoga kelgan kunidanoq taqdiriga bitilgan, deyişadi. Şuning uçundirki, olamjahon orzular bilan yaşaşga odatlangan har bir inson öz hayotini gözal va nurli tomonga özgartiriş iştiyoqida umid qilişdan aslo çarçamaydi. Taqdiriga bitilgan nurli kunlar orzusi uni göyo öz bağriga çorlayotgan kabi oldinga intilaveradi.
Qoraqalpoğiston Respublikasining eng çekka, şimoliy hududidagi Kegayli tumanida tuğilib-ösgan, Alloh rahmat qilsin Xöjanbergan oğa bilan Ulbösin opalar ham vaqtlar ötib, ikki öğli va bir qizi Nukus şahriga, sevimli qizi Gulçehraxon esa Amudaryo tumaniga el böladi, deb öylaş tugul xayollariga ham keltirmagan bölsalar kerak. Xöjanbergan oğaning iş faoliyati tufayli Nukus şahrida qönim topgan oilada birin-ketin dunyoga kelgan ikki öğil va ikki qizning uç nafari kasbiy taqozosiga köra, turmuş tarzini şahar hayoti bilan boğlaşdi.
Bolaligidan şifokor bölişni orzu qilgan Gulçehraxon umumtaʼlim maktabini aʼlo baholarga tugatgaç, 2-sonli Nukus tibbiyot bilim yurtida tahsil oldi. 2001-yilda mazkur bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlab, Nukus şahridagi 2-sonli poliklinikada hamşira-laborant sifatida ilk mehnat faoliyatini boşladi. U iş faoliyati davomida kasbiy mahoratini doimiy ravişda oşirib boriş, öz yönalişi böyiça sohaga oid yangiliklar, özgarişlar mazmun-mohiyatini çuqur anglaşga intildi. Natijada intiluvçan va kasbiy jihatdan bilim va salohiyati yuqori bölgan Gulçehraxon Menglimuratova özi işlaydigan jamoada tajribali hamşira-laborant sifatida eʼtirof etiladigan böldi. Yoş bölsa-da, tibbiyot bilim yurtlarining amaliyotçi-talabalariga kasb sirlarini örgatdi. Köplab yoş mutaxassislarga ustozlik qildi.
U 2005-2012-yillarda Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi huzuridagi Qon-diagnostika markazi klinik laboratoriyasida laborant vazifasida faoliyat olib bordi. Doimiy ravişda öz ustida öqib-izlanişi tufayli oliy toifali laborant darajasiga erişgan Gulçehraxon Menglimuratova 2012-yildan buyon klinik laboratoriyaning katta hamşira-laboranti sifatida faoliyat olib bormoqda.
Şifo ahli uçun yozilmagan bir qoida bor: qahraton sovuqmi, yarim tunmi, kasalxonaning qaysi bölimiga yangi kasal olib kelinsa, bemorning ahvoli-ruhiyatidan kelib çiqib, albatta, tor doiradagi şifokorlar nazoratidan ötkaziladi. Agar bemorning ahvoli oğir bölsa, barça birday oyoqqa turadi. Ayniqsa, bunda klinik laboratoriya hamşira-laborantlarining tezkor va faol harakatlari muhim ahamiyatga ega. Bunday vaziyatlarda, garçi iş vaqti tugagan bölsa-da, heç kim öz xizmat postini taşlab ketmaydi, barça hamjihatlik bilan bemorni hayotga qaytariş uçun tunni-tongga ulab mehnat qilişadi.
Gulçehra Menglimuratovaning iş faoliyatida bunday beorom keçgan onlar juda köp böldi. Bemorning ahvoli yaxşi tomonga özgarişi, uning qisqa fursatlarda soğligi tiklanib, oilasi bağriga qaytişi, avvalo, klinik laboratoriya hamşirasining qon tahlilini aniq va töğri taşxislaşiga boğliq. Buni yaxşi bilgan Gulçehra bunday vaziyatlarda tezroq uyiga ketişni emas, balki bemorning ahvoli yaxşilanişi uçun jon kuydirayotgan şifokorlar safida bölişni hamişa özining zimmasidagi burçi deb bilganidan hayotining asosiy qismi şifoxonada ötadi.
Klinik laboratoriyaning katta hamşira-laboranti sifatida uning bajaradigan işlari kölami ham nihoyatda keng. Laboratoriya xodimlarining kundalik iş jarayonini qatʼiy nazorat asosida taşkil etiş, yuqori kasbiy malakaga ega bölgan hamşira-laborantlarning tajribalarini ustoz-şogird anʼanasi asosida yoş mutaxassislarga örgatiş tizimini joriy qiliş, klinik laboratoriyada faoliyat yurituvçi barça hamşira-laborantlar, kiçik tibbiy xodimlar va xöjalik bekalari uçun OIV infektsiyasi, öta xavfli yuqumli infektsiyalar, etika-deontologiya, şifoxona içki infektsiyalarining oldini oliş, şifokor odob-axloqi mavzularida öquv-seminarlari taşkil etişdan tortib, atrof-muhit tozaligi va obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş tadbirlarigaça Gulçehraxon Menglimuratovaning qatʼiy nazorati, qolaversa, fidoyiligi asosida amalga oşiriladi.
Fidoyi mehnat esa hamişa eʼtibor va eʼtirofga munosib. Gulçehraxonning fidoyi va kamtarin mehnati bir neça marta Tibbiyot birlaşmasi maʼmuriyati va Amudaryo tuman hokimligi tomonidan rağbatlantirilib, Faxriy yorliqlar, taşakkurnomalar bilan taqdirlandi. Yuqorida taʼkidlaganimizday, taqdir taqozosiga köra, öz hayotini amudaryolik Sirojiddin Nuranov bilan boğlagan qoraqalpoq qizi Gulçehraxon Menglimuratova nafaqat kasbiy faoliyati, balki oilasiga, Amu eliga bölgan samimiy mehr-muhabbati bilan Amudaryo tumanini öziga mangu Vatan qilganidan mamnun. Mamnun bölmasinmi? Axir ana şu gözal yurtdan u öz baxtini topdi, umr yöldoşi, Tibbiyot birlaşmasining “Tez tibbiy yordam” bölimida haydovçi bölib işlovçi Sirojiddin Nuranov bilan biri-biridan şirin bir öğil, bir qizni tarbiyalab voyaga yetkazişmoqda.
U özi yaşaydigan mahalladagina emas, Manğit şahrida oilaparvar ayol sifatida köpçilikka namuna. Işxonasiga: “qon tahlilimni özingiz qilib bering”, deb tumanning olis qişloqlaridan uni yöqlab kelguvçilar bisyor. Aslida insonning qadri ham ana şunday oddiygina eʼtiborda, el-yurt eʼtirofi va işonçida namoyon böladi. Gulçehraxon Menglimuratova ham kasbiy faoliyati, ham insoniy mehr-muhabbati bilan el aro qadr topganlardan.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶