Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi musobaqalari ötkazildi
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bağişlangan tantanali bayram tadbirida “Bugun butun dunyoda har bir davlatni öylantirib turgan yagona narsa bu tinçlikdir”, – deya taʼkidlagan edilar. Darhaqiqat, tinçlikni saqlaş uçun har bir davlat qurolli kuçlarini mustahkamlaşi muhimdir. Prezidentimiz öz nutqida bu haqida alohida töxtalib, “Qurolli Kuçlarimizni zamonaviy qurol-yaroğ va texnika bilan taʼminlaş, ularning jangovar va maʼnaviy salohiyatini oşirişga bundan buyon ham ulkan eʼtibor qaratamiz. Lekin tinçlikni saqlaş faqat harbiylarimizning işi bölib qolmasligi kerak. Bu barçamizning, har bir Özbekiston fuqarosining muqaddas burçi bölişi şart. Yurtning kuçi – birlikda, qadri esa tinçlikdadir!” – degan daʼvatlari har bir yurtdoşimizni Vatan taqdiriga nisbatan daxldor bölişga çaqirdilar.
Şu maqsadda “Yurtning kuçi – birlikda, qadri esa tinçlikdadir!” – degan şior ostida Amudaryo tumanining 2-sektori hududida istiqomat qiluvçi uyuşmagan yoşlar örtasida 24-sentyabr kuni tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi musobaqalari ötkazildi. Uşbu musobaqa ham yoşlarimizni vatanparvarlikka çorlab, ularni yurt taqdiriga daxldor bölişga daʼvat qilgani bilan ahamiyatli böldi.
2-sektor hududidagi 8ta mahallalarda istiqomat qiluvçi otaliqqa olingan işsiz, mehnat migratsiyasidan qaytgan, uyuşmagan yoşlardan iborat jamoalar olimpiya sport turlari böyiça ğoliblik uçun qizğin bahslar olib bordilar.
Musobaqalar asosiy törtta şart böyiça ötkazilib, jamoalar iştiroki hakamlar tomonidan odillik va şaffoflik tamoyillariga muvofiq kuzatib borildi.
Yakuniy natijalarga köra, 3-örinni Manğit şahrining Farovon mahallasi jamoasi aʼzolari, 2-örinni esa Qoramon mahallasi sportçilari egalladilar. Musobaqada faxrli 1-örin Xizr eli yoşlari jamoasiga nasib etdi. Ğoliblikni qölga kiritgan Xizr eli mahallasi yoşlar jamoasi Favqulodda vaziyatlar Vaziri kubogi musobaqalarining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritdilir.
Ravşan Bahromov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶