Amudaryo tumanida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi böyiça öquv tadbiri ötkazildi
Inson hayoti va soğliğini asraş, turli köngilsizliklar hamda favqulodda vaziyatlarning oldini oliş bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, tabiiy ofatlar va mavsumiy xavf-xatarlar oldindan ogohlantirmay kelişini inobatga olsak, aholi, xususan, ösib kelayotgan yoş avlod örtasida xavfsizlik madaniyatini şakllantiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Şu maqsadda yurtimiz böylab favqulodda vaziyatlarni oldini olişga qaratilgan "Dolzarb 30 kun" oyligi doirasida joylarda keng kölamli profilaktika va tuşuntiriş işlari olib borilmoqda. Ana şunday muhim tadbirlardan biri Amudaryo tumani ixtisoslaştirilgan maktabida ham taşkil etildi.
Uşbu profilaktik yiğilişda maktabning öquvçi-yoşlari, pedagog xodimlari hamda Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari faol iştirok etib, çömiliş qoidalari va zilzila vaqtida töğri harakatlaniş masalalarini atrofliça muhokama qildilar. Tadbirning asosiy maqsadi yoşlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik könikmalarini mustahkamlaş va ularning kundalik hayotida xavfsizlik madaniyatini yanada oşirişdan iborat böldi.
Yiğiliş davomida kunlar isişi bilan dolzarblaşadigan asosiy mavzu – oçiq suv havzalarida xavfsiz çömiliş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan iştirokçilarga çömiliş qoidalariga qatʼiy amal qiliş, ehtiyotsizlik va beparvolik oqibatida yuzaga kelişi mumkin bölgan fojiali baxtsiz hodisalarning oldini oliş yuzasidan batafsil tuşuntiriş işlari olib borildi. Xususan, suv havzalari atrofida özini tutiş qoidalari, belgilanmagan va nazoratsiz hududlarda çömilişning inson hayoti uçun qançalik xavfli ekanligi hamda suvda favqulodda vaziyat yuz berganda zudlik bilan körilişi lozim bölgan çoralar haqida aniq va hayotiy maʼlumotlar berildi.
Tadbirning yana bir muhim qismi zilzila xavfi va undan saqlaniş çoralariga bağişlandi. Mavzuni yanada jonli va tuşunarli qiliş maqsadida yiğilganlarga maxsus tayyorlangan videoroliklar namoyiş etildi. Uşbu körgazmali vositalar orqali çömiliş va zilzila vaqtida xavfsizlik qoidalariga sözsiz amal qilişning hayotiy ahamiyati keng yoritib berildi.
Şuningdek, zilzila sodir bölganda bino içida qanday harakatlaniş tartibi mutaxassislar tomonidan amaliy tarzda körsatib ötildi. Öquvçilarga yer qimirlaşi vaqtida eng xavfsiz joyni tanlaş, sarosimaga berilmasdan binodan tartibli ravişda evakuatsiya qiliş hamda jabrlanganlarga birinçi tibbiy yordam körsatiş böyiça zarur körsatmalar berildi. Bunday amaliy maşğulotlar nazariy bilimlarni hayotda tezkorlik bilan qöllaş könikmasini şakllantirişga xizmat qilişi şubhasizdir.
Uçraşuv yakunida favqulodda vaziyatlar bölimi mutaxassislari tomonidan har qanday kutilmagan holatda sarosimaga tuşmaslik, vaziyatni töğri baholab, tezkor hamda aniq qaror qabul qiliş inson hayotini saqlab qolişda eng muhim omil ekani alohida taʼkidlandi. Iştirokçilarga kundalik turmuşda amal qilinişi lozim bölgan xavfsizlik qoidalari böyiça ham qöşimça tavsiyalar taqdim etildi.
Bu kabi keng qamrovli tarğibot va taşviqot tadbirlari yoşlarning favqulodda vaziyatlarda töğri harakatlaniş böyiça bilim va könikmalarini oşirişda, eng muhimi, ularning öz hayoti va atrofdagilar salomatligiga bölgan masʼuliyatini yuksaltirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶