Yoş kitobxon oilaga navbatdagi taşrif
“– Siz öşami?
–Men öşa, –dedi Otabek.
Ikkisi ham bir-birisiga beixtiyor termulişib qoldilar...”
Er-xotinning maslagi-yu, maqsadi, orzu umidlari, intilişlari, kasb-u, kori bir bölsa qanday yaxşi-ya, aziz teletomoşabin! Albatta bu oila mustahkam bölişiga, juftliklar bir birini özaro tuşunib yaşaşiga zamin yaratadi. Bir oilada yaşab, bir yostiqqa boş qöyib, bir birini anglamasdan va orzu intilişlari bir köçadan yurib ötmay yaşaşdan Haq taolo özi asrasin. Zero, oila barqarorligida özaro hurmat va tuşunişib yaşaş muhim örin tutadi.
Biz yöqlab borgan oila vakillari esa bu masalada jamiyatimizga ibrat bölgulik. Maʼnaviyati boy uşbu oila sohib va sohibalari bugun el-u, yurtda hurmatda, davralarda aytar sözi maʼnoli, örni esa törda. Qanday qilib deysizmi? Hozir bilib olasiz...
Örinboyevlar oilasini nafaqat dörmanliklar, balki, butun Amudaryo eli yaxşi tanişadi. Çunki ular ham adabiyotçilar oilasi sifatida, ham kitobxon oila sifatida köp bora eʼtirof etilgan. Oila boşliği Farhod aka va Şirin opalar qurgan mustahkam oila bugungi kunda ovulning tup qöyib, palak yozib, serfarzand serdavlat bölib umrguzaronlik qilayotgan old oilalaridan. Ha, farzandi kitob öqib, yuksak yuksak marralarni zabt etayotgan, dasturxon boşida kimningdir ğiybati emas, balki, qaysidir badiiy asarning muhokamasi va mazmunli suhbatlar ketadigan madaniyatli kişilarni albatta serdavlat deyişadida!.. Bugun mana şu kitobxon farzandlar sabab ota-onaning el orasida qaddi va qadri baland, tanigan bilganlar rahmat aytişadi.
Kitobxon öğil Umidbek Örinboyev va kitobxon kelin Muhabbat Davlatovalar bolalikdan kitoblar olamiga, ona tili va adabiyot fanlariga ixlos qöygan. Öquvçilik paytlarida adabiyot öqituvçisiga havas qilib öqituvçilik kasbini tanlagan Muhabbat bugun bu tanlovidan mamnun. Sobiq kursdoşlar va hozirgi kunda bir oila bölib baxtli hayot keçirayotgan bu juftlik Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika institutini tugatib, mustaqil hayotga dadil qadamlar bilan kirib bordi.
Öz faoliyatini tumanimizdagi 20-sonli maktabda ona-tili adabiyot fani öqituvçisi sifatida boşlagan Umidbek ham maktabdagi ustozlik faoliyatiga, hamda kitob mutolaasiga vaqt topar edi. Ha, uşbu yoş kelin-kuyovning suhbatlari “Ötkan kunlar” bilan boşlanib, Puşkin şeʼrlari bilan yakunlangandir öşanda ehtimol. Nima bölganda ham ularning tinimsiz harakati va kitobga bölgan sevgisi besamar ketmadi. 2022-yilda respublika miqyosida ötkazilgan “Yoş kitobxon oila” tanlovida bir qança bosqiçlarni bosib ötib, uşbu ahil oila Özbekiston böyiça faxrli birinçi örinni qölga kirib, davlatimiz rahbarini şaxsan özlarining qölidan "Spark" avtomobili kalitini oldi. Bu ğalaba yoş oilaning orzulariga qanot bağişladi. Hozirgi kunda ikki nafar şirindan şakar farzandlarning ota-onasi bölgan bu juftlik harakatdan, mutolaadan sirayam töxtagani yöq. Stol ustidagi taxlangan kitoblar esa ularning porloq kelajagidan sözlayotganday göyo.
Yaqindagina Örinboyevlar oilasi “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoşlar bilan Uçinçi Renessans sari!” nomli grant loyihasi doirasida ötkazilgan “Mahallamizning eng ziyoli oilasi” tanlovida ham qatnaşib, faxrli 1-örinni qölga kiritdi. Va bu ham öz navbatida oilaning yutuqlar şodasiga ilingan bir marjon bölib qöşildi. Tanlovda Örinboyevlardan taşqari Alişer Bobojonovlar va Sohiba Bozorboyevalar ham ğolib deb topildi hamda ğoliblarga faxriy yorliqlar va badiiy kitoblar jamlanmasi sovğa qilindi.
Darhaqiqat, saodatli oilaning bösağasidan hatlaşing bilan fayzu barakani his qilasan kişi. Biz ham taşrifimiz davomida ana şu tuyğuni his etdik. Nazarimizda oşxonadan kelayotgan ovqat hidiga qöşilib, maʼnaviyat ifori ham taralar edi. Kitobxon oila bilan bir piyola çoy ustidagi suhbatimiz orqali xuddiki biz ham katta bir asar öqiganday böldik va ularning kelgusidagi işlariga baraka tilab xayrlaşdik.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶