16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 04:53
Sport 👁 531

Jumurovul mahallasida sunʼiy qoplamali mini futbol maydoni qurilib, foydalanishga topshirildi

Jumurovul mahallasida sunʼiy qoplamali mini futbol maydoni qurilib, foydalanishga topshirildi

Soʻnggi yillarda yurtimizda “Tashabbusli byudjet” doirasida fuqarolar tomonidan bildirilgan ijtimoiy takliflardan ovoz berish yoʻli orqali eng munosiblarini aniqlash va moliyalashtirish tizimi yoʻlga qoʻyilgani bugun oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. “Tashabbusli byudjet”ning 2023-yilgi mavsumida Amudaryo tumanidagi Jumurovul mahallasi ham ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha bilan ishtirok etib, gʻolib boʻlgan edi.

Mazkur loyiha boʻyicha mahalladagi 48-sonli maktab hududiga mini futbol maydoni qurildi va joriy yilning 3-iyun kuni byudjet mablagʻlari asosida qurilgan ushbu oʻyingohning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Bu sana jumurovullik aholi, ayniqsa yoshlar hayotida quvonchli kun boʻldi. Chunki oldinlari mahallada zamonaviy futbol yoki mini futbol maydoni mavjud emas edi. Endilikda maktab oʻquvchilari va sportchi yoshlar mashgʻulotlar bilan zamonaviy maydonda shugʻillanadigan boʻlishdi. Ayniqsa, mini futbol maydoni yonida strit vorkaut sport maydonchasining ham qurib foydalanishga topshirilishi aholi va yoshlar orasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga qoʻshimcha imkoniyat yaratadi. Bu kabi sharoitlar aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etishda muhim vosita sanaladi.

Maydonning ochilish marosimida Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, 3-sektor rahbari – tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamoliddin Yusupov, Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi Alisher Yuldashev, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shomurotov, 48-sonli maktab direktori Oʻktam Qoʻshnazarov, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari Sharapat Joldasbayev, “Amudaryo maxsus qurilish” masʼulyati cheklangan jamiyati direktori Jahongir Allamberganov , Jumurovul mahalla fuqarolar yigʻini raisi Dilmurod Boʻronov hamda mahallaning nuroniylari va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tabrik soʻzi bilan ochib, mahalla ahli va yoshlarni zamoaviy sport maydonchasi qurib foydalanishga topshirilgani bilan tabrikladi hamda kelgusida mahalladan chempion sportchilar yetishib chiqishiga tilakdosh boʻldi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda aholi turmush tarzini yaxshlash va mahallalar farovonligi yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida aytib oʻtdi. Tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari fuqarolarning ijtimoiy muammolarini ijobiy hal etish imkoniyatlarini taqdim etuvchi muhim omil ekani, mazkur tizim byudjet mablagʻlarining sarflanishida fuqarolarning bevosita istirok etishi, shuningdek, byudjet mablagʻlarining samarali sarflanishini kuzatib borish imkoniyatini yaratayotgani alohida qayd etildi.

Tadbirda maktabning “Yosh qutqaruvchilar” va “Yosh chegarachilar” musobaqalarining tuman bosqichida 1-oʻrinni egallagan oʻquvchilarning harbiy chiqishlari hamda mahalla hududida joylashgan 46-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining guruh raqs chiqishlari namoyish qilindi. Shu kuni yangi maydonda 48-sonli maktab oʻquvchilaridan tarkib topgan jamoalar ishtirokida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Oʻyin yosh sportchilarning gʻoliblik uchun murosasiz bahslariga boy boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, “Tashabbusli byudjet”ning 2023-yilgi mavsumida Jumurovul mahallasi ahli mazkur mini futbol maydonchasidan tashqari Shijoatli koʻchasi uchun 1 ming 300 metr asfalt qoplamali yoʻl qurilishiga doir loyihasi bilan ham qatnashib, gʻolib boʻlgan edi. Natijada ushbu loyihalar 2 milliard 720 million soʻm qiymatida davlat hisobidan moliyalashtirildi. Mazkur mini futbol maydoni “Amudryo maxsus qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qisqa fursatlarda, sifatli qilib qurildi. Mazkur maydon turli mavsumlarda sportchilarga qulaylik yaratish uchun yon va ustki qismi maxsus qoplamalar yordamida yopilgani bilan boshqa futbol maydonchalaridan ajralib turadi.

Bu kabi sharoitlar qachonlardir mahalla ahli va yoshlari uchun orzu edi, desak mubolagʻa boʻlmas. Endilikda yosh sportchilar mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan holda oʻtkazilayotgan musobaqalarda faol ishtirok etib, tumanimiz nomidan ulkan yutuqlarga erishishiga tilakdoshmiz. Biz ham fursatdan foydalanib jumurovulliklarni zamonaviy mini futbol maydoni ishga tushgani bilan tabriklaymiz.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026