“Hamşira–2024” körik-tanlovining respublika bosqiçida yuqori natijalarni qayd etgan hamşiralar tuman Tibbiyot birlaşmasi tomonidan taqdirlandi
Örta tibbiyot xodimlari soğliqni saqlaş sohasining tayançi va suyançi, desak mubolağa bölmaydi. Odamlar hamşira deganda, bemorlarni parvariş qiluvçi, xuşmuomala, qöli yengil, bilim va malakasi şifokorlardan qolişmaydigan jonkuyar insonni tasavvur qiladi. Şu sababli ham yurtimizda hamşiralarning mavqeini oşiriş, mehnatini qadrlaş va rağbatlantiriş masalalariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Şu maqsadda turli tanlovlar ötkazilib, ilğor hamşiralar mukofotlanmoqda. Har yili anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan “Hamşira” körik-tanlovi ham şular jumlasidandir.
Bu yil ham Toşkent şahrida 12-may – Xalqaro hamşiralar kuni munosabati bilan ötkazilgan tantanali tadbirda “Hamşira–2024” körik-tanlovining respublika bosqiçi ğoliblari aniqlandi va munosib taqdirlandi. Bellaşuvning hududiy bosqiçlarida birinçi örinni qölga kiritgan 15 nafar soha xodimlari orasidan şaffof va adolatli şart va mezonlar asosida saralab olingan uç nafar hamşiraga maxsus mukofotlar taqdim etildi.
Tanlovning tuman va Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçlarida ğoliblikni qölga kiritgan Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasining Jarrohlik bölimi navbatçi hamşirasi Qozoqboyeva Hulkar Muzaffar qizi mamlakat miqyosidagi bosqiçda faxrli 2-örinni egalladi.
Şuningdek, Amudaryo tuman tibbiyot birlaşmasining yana bir jonkuyar xodimi Sanobar Ahmedova ham “Hamşira–2024” körik-tanlovda “Yilning eng yaxşi muolaja va emlaş hamşirasi” nominatsiyasi böyiça Özbekiston miqyosida 3-örin sohibasi böldi.
Tuman Tibbiyot birlaşmasida ötkazilgan tadbirda körik-tanlovda yuqori natijalarga erişgan hamşiralar Hulkar Qozoqboyeva hamda Sanobar Ahmedova, şuningdek, Tibbiyot birlaşmasining boş hamşirasi Luiza Yangiboyevalar rahbariyat tomonidan faxriy yorliq, taşakkurnoma va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Hulkar Qozoqboyeva 1998-yilda Amudaryo tumanining Çoykul ovulida tuğilgan. Bolalikdan tibbiyot sohasiga qiziqqan Hulkar 2016-yilda 1-sonli Nukus tibbiyot kollejini “Umumiy amaliyot hamşirasi” mutaxassisligi böyiça muvaffaqiyatli tugatgan. 2018-yildan bugungi kunga qadar Tuman tibbiyot birlaşmasining Jarrohlik bölimida navbatçi hamşira vazifasida işlab kelmoqda.
Hulkar Qozoqboyeva 2021-yilda “Zamonaviy jarrohlikda hamşiralik işi” sikli böyiça öz malakasini oşirgan. 2022-yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining buyruği bilan hamşira mutaxassisligi böyiça 2-malaka toifasini, Innavotsion soğliqni salaş milliy palatasi raisining buyruği bilan 1-malaka toifasini olgan.
U soğlikni saqlaş tizmida olib borilayotgan islohatlar va yaratilayotgan imkoniyatlarning tumanimizdagi faol tarğibotçisi ham sanaladi. Kasbining fidokor hamşirasi bemorlarning dardiga malham bölib kelmoqda.
Hulkar Qozoqboyeva öz işining bilimdoni, jonkuyar va taşabbsukor xodim. Faoliyati davomida şifokor tamonidan berilgan har bir tibbiy topşiriqni sidqidildan bajarib, tizimning qoida-meʼyorlariga qatʼiy amal qilib, namunali mehnat qilib kelmoqda. U bemorlar orasida yuqumli va öta xavfli kasalliklarning oldini oliş, aholi hayotida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş işlarida ham faol xodim sanaladi.
Sohaga doir ilmiy jurnallarda Hulkar Qozoqboyevaning qator maqolalari naşr qilingan. Termiz davlat pedogogika institutida bölib ötgan “Taʼlim tizimida psixologik xizmatning zamonaviy tendentsiyalari: nazariya va amaliyot” nomli konferentsiyada “Maktab yoşidagi bolalarda uçraydigan ruhiy-emotsional muammolarga psixologik yondaşuv” nomli maqolasi bilan iştirok etdi.
Şuningdek, Taʼlimni rivojlantiriş tahliliy onlayn jurnalida maqolasi xorijiy tilda eʼlon qilindi.
“Hamşira–2024” körik-tanlovda “Yilning eng yaxşi muolaja va emlaş hamşirasi” nominatsiyasi böyiça Özbekiston miqyosida 3-örin sohibasi bölgan tuman tibbiyot birlaşmasining yana bir jonkuyar xodimi Sanobar Ahmedova 1985-yilda Amudaryo tumani Manğit şahrida tuğilgan. U Toşkent tibbiyot kollejini “Hamşiralik işi” mutaxassisligi böyiça 2005-yilda muvaffaqiyatli tugatgan.
Sanobar Ahmedova Amudaryo tuman tibbiyot birlaşmasida 2012-yildan 2017-yilga qadar tuğruqxona bölimi çaqaloqlar xonasi xamşirasi, 2017-yildan 2020-yilga qadar emlaş xonasi xamşirasi, 2020-yildan bugunga qadar esa tuğruq kompleksi çaqaloqlar xonasi hamşirasi vazifasida işlab kelmoqda.
U 2021-yilda Respublika örta tibbiyot va dorişunos xodimlar malakasini oşiriş va ixtisoslaştiriş markazi Nukus filialida “Neontologiya hamşiralik işi” mutaxassisligi böyiça malakasini oşirgan.
2022-yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirligi örta tibbiyot xodimlariga toifa beriş attestatsiyasi komissiyasidan muvaffaqiyatli ötib, Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi raisining buyruği bilan hamşiralik işi mutaxassisligi böyiça oliy toifali hamşira sertifikatiga ega böldi. Köp yillik samarali mehnati, bilim va tajribasi bilan tibbiyot xodimlari orasida öz örniga ega bölgan hamşira bemorlarga sirinsözligi, mehribonligi bilan namuli xizmat körsatib kelmoqda.
Öz ustida tinimsiz şuğullanib, muntazam ravişda malaka oşiriş kurslarida tajribasini oşirib kelayotgan Sanobar Ahmedova har bir işni sidqidildan bajarişi, öziga va atrofdagilarga talabçanligi bilan mehnat jamoasida katta hurmat qozongan.
Xalq salomatligi yölida fidokorana xizmat qilayotgan şifokor va hamşiralarning, barça tibbiyot xodimlarining mehnati tahsinga sazovor. Ularning kelgusidagi işlariga omad va zafarlar tilab, xalq salomatligi yölida xizmat qilişdan aslo çarçamang, deymiz.
Luiza Yangiboyeva, TTB boş hamşirasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶