Amudaryo tumani hokimi kubogi uçun kuraş böyiça tuman oçiq birinçiligi ötkazildi
Kuraş – bu özbek xalqining qadimiy milliy sport turi bölib, uning ildizlari kamida uç yarim ming yillik tarixga ega. Bu sport turi adolatli va halol yöl bilan maqsadga erişişni tarğib qiladi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erişganidan söng kuraş milliy sport turi maqomini olib, uning rivojlanişi va xalqaro maydonga çiqişiga katta eʼtibor qaratila boşlandi. 1998-yilda Xalqaro Kuraş Assotsiatsiyasi taşkil etilgan bölib, uşbu sport turining qoidalari standartlaştirildi hamda global miqyosda tarğib qilina boşlandi.
Kuraşning texnikalari, anʼanalari, qoidalari va falsafasi avloddan-avlodga ötib kelmoqda. Mana şu ming yillik anʼanalarni saqlaş va rivojlantiriş maqsadida kuraş böyiça turli sport musobaqalari, oçiq birinçiliklar, turnirlar ötkazib kelinmoqda. Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov taşabbusi bilan tuman hokimi kubogi uçun Bolalar va ösmirlar sport maktabida ötkazilgan oçiq birinçilik ham şular jumlasidandir.
Tumanning Çordara mahallasi hududidagi sport maktabi filiali imoratida ötkazilgan tuman oçiq birinçiligi musobaqalari köplab yangi nomlarni kaşf qilişda vosita böldi. Ikki kun davomida ötkazilgan musobaqalarda sportçilar turli vazn toifasida ğoliblik uçun kuraşdilar.
Hokim kubogi uçun ötkazilgan tuman oçiq birinçiligida amudaryolik polvonlardan taşqari Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatining turli hududlaridan kelgan sportçilar ham iştirok etdi.
Musobaqalarning oçiliş marosimida sözga çiqqanlar taʼkidlaganlaridek, sport yoşlarning jismoniy va maʼnaviy rivojlanişida muhim rol öynaydi, ularning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş va yot ğoyalardan asraşda asosiy omil hisoblanadi. Sport orqali yoşlar özlarining jismoniy kuçlarini oşiriş bilan birga, jamoaviy işlaş, maqsad sari intiliş va öz-özini nazorat qiliş kabi muhim könikmalarni ham rivojlantiradilar. Şuningdek, sport yoşlarga özlarining energiyalarini ijobiy yönalişda sarflaşga ham yordam beradi. Şu sababli ham mamlakatimizda yoşlarni sportga jalb qiliş va ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlari uçun davlat tomonidan turli dasturlar amalga oşirilmoqda.
Aytiş joizki, sportning yoşlar hayotidagi ahamiyati faqatgina ularning şaxsiy rivojlanişi bilan çeklanmay, balki ularning ijtimoiy munosabatlarini ham yaxşilaşga xizmat qiladi. Sport musobaqalari va maşğulotlari orqali yoşlar boşqa tengdoşlari bilan tanişib, döstlaşiş va özaro hamkorlik qiliş imkoniyatlariga ega böladilar. Bu esa ularning ijtimoiy aloqalarini kengaytiriş va jamiyatda öz örinlarini topişlariga yordam beradi.
Bundan taşqari, sport yoşlarning jismoniy salomatligini mustahkamlaş va ularni turli kasalliklardan himoya qilişda ham katta ahamiyatga ega. Jismoniy faollik yoşlarning immun tizimini kuçaytiradi va ularni stress va depressiya kabi ruhiy muammolardan saqlaydi. Eng muhimi, sport yoşlarga özlarining maqsadlariga erişişda sabr-toqat va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni rivojlantirişga yordam beradi. Sportdagi muvaffaqiyatlari va mağlubiyatlari orqali yoşlar hayotdagi muhim darslarni örganadilar va bu tajribalar ularning kelajakdagi hayotlarida muhim rol öynaydi.
Tuman hokimi kubogi uçun ötkazilgan oçiq birinçilik ham mana şunday maqsadning röyobga çiqişini közlab amalga oşirilgan ijtimoiy tadbirdir.
Oçiq birinçilik yakunlariga köra yoşlar örtasidagi barça vazn toifalarida Amudaryo tumani BÖSM sportçilari ğolib böldi. Jumladan, 55 kilogramm vazn toifasida Azamat Sobirov, 60 kilogramm vazn toifasida Javohir Bozorboyev, 71 kilogramm vazn toifasida Karomaddin Yöldoşevlarga teng keladigan polvon topilmadi. Kattalar örtasida 60 kilogramm vazn toifasida nukuslik Paraxat Yerejepov, 66 kilogramm vazn toifasida amudaryolik Sardor Oğaboyev, 73 kilogramm vazn toifasida gurlanlik Siroj Saparimbetov, 81 kilogramm vazn toifasida ham gurlanlik Izzat Rahimboyev, 81 kilogrammdan ortiq vazndagi kuraşçilar örtasida esa amudaryolik Samir Nazarboyevlar ğoliblikni qölga kiritdi. Umumjamoa hisobida amudaryolik polvonlar birinçi örinni egallaşdi. 2-örin Nukus şahri jamoasiga, 3-örin esa Gurlan tumani polvonlariga nasib etdi. Musobaqa ğoliblari va faol iştirokçilarga tuman hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovğalari topşirildi.
Çorşam Tajimurodov, tuman BÖSM direktori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶