"Kitobsevar millat" şiori ostida IV Respublika kitobxonlik haftaligi boşlandi
Şu haftada mamlakatimiz böylab “Kitobsevar millat” şiori ostida IV Respublika kitobxonlik haftaligi ötkazilmoqda. 22-aprel kuni Amudaryo tumani axborot-kutubxona markazida mazkur haftalikning oçiliş marosimi bölib ötdi.
Marosimda sözga çiqqanlar mamlakatimizda aholi, ayniqsa yoşlarni kitobxonlikka daʼvat qiliş uçun berilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan şaroitlar haqida batafsil töxtalib ötdilar. Aytiş jokizki, “Kitobsevar millat” şiori ostida ötkazilayotgan bu yilgi Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan ham qiziqarli tadbirlar, uçraşuv keçalari, kitob taqdimotlari ötkazilişi rejalaştirilgan. Tadbir taşkilotçilari barça yurtdoşlarimizni, har bir kitobxonni möʼjizalar makoni bölmiş kutubxonaga taşrif buyurişga çaqirdi.
Çindan ham, kitob öqiş nafaqat insonning bilim va tafakkurni boyitadi, balki uning dunyoqaraşini kengaytiradi va özligini anglaşiga yordam beradi. Özbekistonda kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş va ommalaştirişga katta eʼtibor berilmoqda, bu esa jamiyatning maʼnaviy taraqqiyotiga ijobiy taʼsir körsatmoqda.
Tadbir davomida mehmonlar – Oybek mahallasi xotin-qizlar faoli Nargiza Xolboyeva, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat bölimi mutaxassisi Zarifa Soatboyeva, Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Gulasal Qöçqorova, tuman Madaniyat bölimi xodimi, Özbekiston Milliy tiklaniş demokratik partiyasi tuman kengaşi raisi, xalq deputatlari tuman kengaşi deputati Oybekjon Begimovlar sözga çiqib, “Kitobsevar millat” ğoyasi va butun xalqimizni kitobxonlikka keng jalb qilişning ahamiyati haqida öz fikrlarini bildirdilar.
Aytiş joizki, yoşlarni kitobxonlikka jalb qiliş ularning maʼnaviy va intellektual rivojlanişida muhim rol öynaydi. Kitob mutolaasi kelajagimiz egalarining dunyoqaraşini kengaytiriş, mustaqil fikrlaş qobiliyatini şakllantiriş va ularni turli yot ğoyalardan himoya qilişda asosiy omil hisoblanadi. Şu sababli ham mamlakatimizda aholi, xususan yoşlarni kitobxonlikka jalb qiliş işlari davlat siyosati darajasiga kötarilgan va bu borada bir qator ijtimoiy va maʼrifiy taşabbuslar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, Prezidentimizning beşta muhim taşabbusi doirasida ham yoşlarning kitobxonlikka qiziqişini oşiriş va ularning madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan çora-tadbirlar belgilangan. Bundan taşqari, davlat organlari va jamoat taşkilotlari tomonidan ham kitobxonlikni rivojlantirişga qaratilgan turli loyihalar amalga oşirilmoqda. Mamlakatimiz böylab “Kitobsevar millat” şiori ostida har yili ötkazib kelinayotgan Respublika kitobxonlik haftaligi ham bu eʼtiborning yorqin namunasidir.
Qolaversa, Prezidentimizning kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitobxonlik madaniyatini oşiriş va tarğib qilişga oid farmoyişi bu boradagi saʼy-harakatlarni yanada kuçaytirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Tadbir söngida deputat Oybek Begimov taşkilotçilarga minnatdorçilik bildirib, esdalik sovğalarini topşirdi. Tadbirda Amudaryo muhandislik texnikumida kutubxonaşunoslik mutaxassisligi böyiça tahsil olayotgan talabalar faol iştirok etişdi. “Kitobsevar millat” şiori ostida IV Respublika kitobxonlik haftaligi va mazkur haftalik doirasidagi tadbirlar yurtimizning barça axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalarida davom etmoqda.
Rohatoy Romanova, tuman axborot-kutubxona markazi bibliografi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶