Boks böyiça hokim sovrini uçun musobaqalarda amudaryolik sportçilar umumjamoa hisobida 1-örinni egallaşdi
Mamlakatimizda aholini sport bilan şuğullanişga faol jalb qiliş, yoşlarning jismoniy tarbiya va sportga bölgan qiziqişlarini yanada oşiriş borasida amaliy işlar qilinmoqda. Zero, aholi, ayniqsa yoşlarning soğlom turmuş keçirişida sport va jismoniy-tarbiyaning ahamiyati beqiyosdir. Sportni yanada rivojlantiriş, kelajak egalarining har xil sport turlariga qiziqişlarini oşiriş borasida olib borilayotgan tizimli işlar natijasida yurtimizni dunyoga tanitayotgan yetuk sportçilar yetişib kelmoqda.
Amudaryo tumanida sportni rivojlantiriş, bolalar va ösmirlarni sportga qiziqtiriş jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişga jalb qiliş, Respublika bosqiçiga olib çiqiş maqsadida sportning boks turi böyiça hokim sovrini uçun musobaqalari ötkazildi.
Joriy yilning 15-19-fevral kunlari tuman Sport maktabining 1-filialida bölib ötgan musobaqalarda 2011-2012-yillarda tuğilgan bolalar va ösmirlar iştirok etdilar.
Musobaqalarda respublikamizning turli hududlaridan kelgan boksçi yoşlar qatnaşdilar. Xususan, Jizzax viloyati Paxtakor tumani, Xorazm viloyati Xiva şahri, Gurlan tumani, Qoraqalpoğiston Respublikasining Qönğirot, Xöjayli, Taxiyatoş tumanlari hamda Amudaryo tumani bolalar va ösmirlar jamoalari iştirok etdilar.
Musobaqalarda 13 ta vazn toifasi böyiça, har vazn toifasidan bir nafardan sportçi, 1 nafar murabbiy va bir nafar hakam qatnaşdi.
4 kun mobaynida bölib ötgan bellaşuvlar murosasiz va bahslarga boy tarzda ötdi. Sportçilar bor kuç va imkoniyatlarini işga soldilar, ğoliblikni qölga kiritiş uçun astoydil harakat qildilar.
Aytiş joizki, hokim sovrini uçun musobaqalar boks sport turini maktab öquvçilari va aholi örtasida ommaviylaştiriş, joylarda turli yoş guruhidagi aholi örtasida boks böyiça tayyorgarlik darajasini aniqlaş, tuman terma jamolarini şakllantiriş maqsadida mazkur sport turi böyiça eng kuçlilarni aniqlaş, murabbiy va hakamlarning malakasini, masʼuliyatini oşiriş kabi ustuvor maqsadlarga yönaltirilgan.
Şu örinda qayd etiş joizki, mamlakatimizda yoşlarning boksga bölgan ommaviy qiziqişini inobatga olib, iqtidorli sportçilarni aniqlaş, tanlaş va saralaş tizimini yanada takomillaştiriş, soha mutaxassislarini tayyorlaş va ularning moddiy rağbatlantirilişini yaxşilaş, şuningdek, özbek boksining dunyodagi yetakçiligini saqlab qoliş va davom ettiriş maqsadida imzolangan Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Boksni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori sohani yanada takmillaştirişda muhim dasturulamal bölib xizmat qilmoqda.
Mazkur qaror boksni aholi örtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantiriş, iqtidorli sportçilarni aniqlaş, tanlaş va saralaş hamda ularni professional sportçilar sifatida tayyorlaşning yangi tizimini yölga qöyiş, boks infratuzilmasini yanada rivojlantiriş hamda xalqaro talablarga moslaştiriş, boks maktablarini, şu jumladan, davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida köpaytiriş maqsadida qabul qilingan. Qaror bilan boks böyiça professional trenerlar va hakamlarni tayyorlaş tizimini rivojlantiriş, öquv-uslubiy qöllanmalar işlab çiqiş, ilmiy-metodologik bazani yanada kuçaytiriş kabi boksni rivojlantirişning asosiy yönalişlari belgilab berilgan. Soha masʼullari tomonidan uşbu vazifalar ijrosi yuzasidan samarali işlar olib borilmoqda.
19-fevral kuni boks böyiça hokim sovrini musobaqalarining final bosqiçi yakunlandi hamda ğoliblarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Murosasiz keçgan bahslarda eng kuçli sportçilar ğoliblar safidan joy oldilar.
Taqdirlaş marosimida tuman hokimi örinbosari Nodir Kamolov, tuman Sport maktabi direktori Çarşam Tajimuratov, Özbekiston Respublikasi boks Federatsiyasi Qoraqalpoğiston bölimi boş murabbiyi Raşid Saitov, tuman Mudofaa bölimi boşliği Şerzod Murodovlar sözga çiqib, musobaqada iştirok etgan barça sportçilarga kelgusi sport musobaqalarida omadlar va muvaffaqiyatlar tiladilar. Ularning ota-onalari va murabbiylariga minnatdorçilik bildirdilar.
Şundan söng bellaşuvlardagi bahslarda 13 ta vazn toifasida ğoliblar va sovrindorlar tuman hokimligi va taşkilotçilar tomonidan qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.
Final bosqiçi yakuniy natijalariga köra 7 ta vazn toifasi böyiça bahslarda amudaryolik boksçilar umumjamoa hisobida faxrli birinçi örinni egalladilar. 2 ta vazn toifasida Nukus şahri sportçilari, 2 ta vazn toifasida Gurlan tumani sportçilari, 1 vazn toifasida Xiva şahri, 1 vazn toifasida Qönğirot tumani sportçilari ğoliblikni qölga kiritdilar.
Taşkilotçilar tomonidan 1-, 2-, 3-örinlarni egallagan ğoliblarga oltin, kumuş va bronza medallari, diplom va esdalik sovğalari topşirildi.
Taʼkidlaş joizki, sportni rivojlantiriş yölida amalga oşirilayotgan bu kabi amaliy işlar yoşlarni milliy ğoya va vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, bolalar va ösmirlar qalbiga va ongiga Vatan himoyasi şarafli, muqaddas burç ekanligini çuqur singdiriş va yoşlarni vatanparvarlikka undaşda muhim vosita bölib xizmat qiladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶