BOSh QOMUSIMIZDA TAʼLIM-TARBIYa ISTIQBOLI MUSTAHKAMLANGAN
Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Konstitutsiyaning 50-moddasidan.
Kelajagi buyuk davlat, erkin fuqarolik, huquqiy demokratik jamiyat qurishda taʼlim-tarbiya hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Yangilangan Kontitutsiyamizda ham taʼlim-tarbiya masalalariga ustuvorlik berilib, 50-, 51-, 52-, 53-moddalarda ilm-maʼrifatga eʼtibor mustahkam kafolatlab qoʻyilgan. Ushbu moddalarga muvofiq, maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy oʻrta taʼlim davlat nazoratidadir.
Asosiy Qonunimizga koʻra, maktab ishlari, maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat nazoratida boʻladi. Taʼlim boʻyicha alohida ehtiyojlarga va individual imkoniyatlarga ega boʻlgan bolalar uchun taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim va tarbiya tashkil etiladi. Davlat isteʼdodli yoshlarning moddiy ahvolidan qatʼiy nazar, taʼlimni davom ettirishini kafolatlaydi. Davlatga qarashli, xususiy va boshqa shakldagi taʼlim muassasalari hamda tashkilotlarini rivojlantirish uchun davlat teng shart-sharoitlar yaratadi.
Amudaryo tumanida 52ta davlat, 81ta oilaviy, 4ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, jami 137ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Tumanda maktabgacha tarbiya yoshidagi 3-7 yoshli bolalar 17009 nafarni tashkil qiladigan boʻlsa, ularning 12456 nafari, yaʼni 73,2 foizi MTTlarga qamrab olingan. Shundan 9651 nafari davlat MTTlarida, 2516 nafari oilaviy nodavlat MTTlarida, 289 nafari 4ta davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan MTTlarda tarbiyalanmoqda.
Bolaning taʼlim-tarbiyasi qancha erta boshlansa, shuncha yaxshi samara beradi. Bunda uch, besh va yetti yoshgacha boʻlgan oraliq bosqichlar muhim oʻrin tutadi va ularning biri keyingisiga oʻziga xos zamin tayyorlaydi. Maktabda bolalarning taʼlimni yaxshi oʻzlashtirishi esa koʻp jihatdan maktabgacha taʼlim tashkilotidagi olgan ilk taʼlim-tarbiyasiga bogʻliq.
Maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlimning boshlangʻich qismi sifatida bolada bilim olishga koʻnikma hosil qiladi, uni oʻquv jarayoniga tayyorlab boradi. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish boʻyicha davlat talablariga muvofiq va xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangilangan Konstitutsiyamiz taʼlim-tarbiya jarayonidagi islohotlarni sifat jihatidan yanada yuqori bosqichga koʻtarishga xizmat qiladi. Zero, taʼlim tizimiga eʼtibor boʻlgan joyda rivojlanish sari qadamlar tashlanaveradi.
Hulkar Bobojonova,
tuman MMTB Davlat-xususiy sheriklik asosidagi
MTTlar faoliyatini tashkil etish boʻyicha metodisti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶