BOLALAR HUQUQLARI ASOSIY QOMUSIMIZDA MUSTAHKAMLANGAN
Mamlakatimizda bolalar huquqlarini himoya qiliş böyiça tegişli huquqiy baza şakllangan bölib, amalga oşirilayotgan barça işlarda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Şuni taʼkidlaş joizki, bola huquqlari sohasida qonunçilikning asosini Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi taşkil etadi. Unga muvofiq bola tuğilişi bilanoq inson va fuqaro sifatida huquq, erkinliklari vujudga keladi hamda ular davlat tomonidan kafolatlanadi.
Konstitutsiyaning 65-moddasiga köra bolalar ota-onalarining kelib çiqişi va fuqarolik holatidan qatʼiy nazar qonun oldida tengdirlar. Bolalarning huquqlarini himoya qiliş böyiça amalda bölgan qonunçilik Konstitutsiyamiz normalarini Bola huquqlari haqidagi Konventsiyaga muvofiq holda takomillaştirişga yönaltirilgan. Şuningdek, bola huquq va manfaatlarining barça qirralarini qamrab olgan “Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni ham Konstitutsiya va qonunlarda, Bola huquqlari töğrisidagi Konventsiyada nazarda tutilgan bola huquqlarining asosiy va qöşimça kafolatlarini öz içiga olgan. Jamiyatimizda Asosiy Qonunimizga köra taşkil etilgan mazkur hujjatlar asosida voyaga yetmagan yoş avlodning huquqlari himoya qilinadi.
Bu boradagi islohotlarni izçil davom ettiriş maqsadida Prezidentimiz tomonidan “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmon qabul qilindi. Mazkur Farmonda bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişning institutsional va huquqiy asoslarini tubdan takomillaştiriş, bolalar orasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar sodir etilişining barvaqt oldini oliş va boşqa maqsadlar közlangan. Unda belgilangan vazifalarning amalga oşirilişini taʼminlaş böyiça Vazirlar Mahkamasida va hududlarda Bolalarni himoya qiliş masalalari şöʼbasi taşkil qilindi.
Yoş avlodni öz huquq va majburiyatlarini anglagan jamiyatning faol aʼzolari sifatida tarbiyalaş darkor. Ularning bu boradagi bilimi va huquqiy madaniyatini oşirişda Konstitutsiya va qonunlar muhim ahamiyat kasb etadi.
J.Xolmurodov, tuman hokimligining
Bolalarni himoya qiliş masalalari şöʼbasi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶