5-SONLI MAKTAB ÖQUVÇILARI 2-SONLI KASB-HUNAR MAKTABIGA SAYoHATGA BORIŞDI
Mamlakatimizda ösib kelayotgan yoş avlodga puxta bilim beriş, ularga fan asoslarini yangi pedtexnologiyalardan foydalangan holda puxta singdiriş va yuksak maʼnaviyatli, gözal xulq-atvorli qilib voyaga yetkaziş umumiy örta taʼlim muassasalari zimmasidagi vazifadir.
Şuningdek, öquvçi-yoşlarning turli kasb-hunarlarga qiziqişlarini erta aniqlaş, taʼlim muassasalari bitiruvçilarini zamonaviy kasb-hunarlarni egallaşga yönaltiriş ham juda muhim. Çunki har yili respublikadagi umumiy örta taʼlim muassasalarini bitirayotgan öquvçilarning sanoqliginasi oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiradilar. Qolganlarining asosiy qismi işsizlar safiga qöşiladilar. Şu boisdan maktab yuqori sinflari öquvçilarini kasb-hunarga yönaltiriş, biron kasbni puxta egallaşiga erişiş ham umumiy örta taʼlimning muhim böğiniga aylanmoqda.
Bu dolzarb vazifaga Amudaryo tumanidagi umumiy örta taʼlim muassasalarida ham ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Maktab bitiruvçilarining mehnat bozoriga biron kasbni puxta egallab, maʼlum malakaga ega bölgan holda kirib kelişiga harakat qilinayapti.
Yaqinda 5-sonli umumiy örta taʼlim maktabining 9-sinf öquvçilari amaliyotçi psixolog Odilbek Jumaboyev rahbarligida tumandagi 2-sonli kasb-hunar maktabiga kasbga yönaltiriş, kasb-hunarlar haqida yetarli maʼlumotlar olişi uçun sayohatga bordilar.
Mazkur kasb-hunar maktabida joriy öquv yilida 472 nafar öquvçilarga umumiy fanlar böyiça va 10ta kasb-hunarlar böyiça taʼlim berilayapti. Öquvçilar har öquv haftasining oxirgi kunida özlari örganayotgan kasb-hunarlar böyiça nazariy maşğulotlarda olgan bilimlarini amaliy maşğulotlarda mustahkamlab boradilar.
Muassasada öquvçilarning dars maşğulotlarini puxta özlaştirişlari, uçun amaliyot maşğulotlari uçun barça şaroitlar yaratilgan, fan tögaraklari, badiiy havaskorlik va sport tögaraklari muntazam faoliyat körsatmoqda va öquvçilarning böş vaqtlari mazmunli ötişiga xizmat qilayotir.
2-sonli kasb-hunar maktabi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktori örinbosari Jasurbek Otajonov zamonaviy kasb-hunarlar bilan tanişiş maqsadida taşrif buyurgan öquvçilarni iliq qarşi oldi va taʼlim muassasadagi şart-şaroitlar, taʼlim-tarbiya jarayoni va amaliy maşğulotlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Öquvçilar oşpazlik, tikuvçilik, avtomobillarga texnik xizmat körsatiş, maişiy texnikalarni taʼmirlaş, santexnika taʼmiri, payvandlaş kasblariga öqiyotgan öquvçilarning amaliy maşğulotlar ötişi uçun maxsus amaliyot xonalaridagi jihozlar, asbob-usunalar bilan taniştirildi. Maktab sport zali bilan tanişiş, badiiy havaskorlik tögaragi aʼzolari ijrosidagi kasb-hunarning inson hayotidagi rolini ifoda etuvçi sahna körinişlar öquvçilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.
Hunarli – xor bölmas, deydi xalqimiz. Çindan-da, biron kasbga qiziqib uni puxta egallagan va halol mehnat qilgan inson umrini şu kasbi tufayli mazmunli va gözal qiladi. Yoşlarni kasb-hunarga qiziqtiriş, ularning kelajagi yorqin bölişiga xizmat qiladi. Şu maʼnoda qaraydigan bölsak, öquvçilarning kasb-hunar maktabiga qilgan sayohati juda ahamiyatli böldi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶