AMUDARYoDA KONSTITUTsIYa QABUL QILINGAN KUNGA BAĞIŞLAB TANTANALI TADBIR ÖTKAZILDI
Bu yil Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 31-yil töldi. Şu munosabat bilan barça hududlarda maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-musiqiy tadbirlar taşkil etildi. Amudaryo tumanida ham uşbu sanaga bağişlab katta tadbir ötkazildi.
7-dekabr kuni tuman Madaniyat markazi kontsertlar zalida bölib ötgan “Konstitutsiya – qomusimiz!” nomli tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari va tegişli davlat organlari masʼullari, deputatlar, keng jamoatçilik vakillari qatnaşdi.
Bayramga mos tarzda bezatilgan foye va sahna, hilpirab turgan Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalari bayroqlari taşrif buyurganlarga tantanavor ruh, kötarinkilik baxş etdi. Sahna töridagi monitor orqali Konstitutsiya qabul qilingan kuni eʼlon qilingan sessiya va joriy yil aprel oyidagi muhim siyosiy jarayon – umumxalq Referendumidan, yurtimizda bölayotgan islohotlar, ulkan özgarişlar, innovatsion texnologiyalar asosida iş yuritayotgan turli kasbdagi işçi-xodimlarning faoliyatlaridan lavhalar berib borildi.
Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalari Davlat madhiyalari ostida boşlangan tantanali bayram tadbirini tuman hokimi Sobir Xöjametov oçib berib, yiğilganlarni, ular orqali butun tumanimiz aholisini uşbu qutluğ sana bilan muborakbod etdi. Şuningdek, yurtimizda ötgan yillar mobaynida amalga oşirilgan ulkan özgarişlar, bunyodkorliklar, Konstitutsiyaviy islohotlarni faxr bilan tilga oldi.
Tadbirda sözga çiqqan Fuqarolik işlari böyiça tuman sudi raisi Qayrulla Atamurodov ham Qomusimizning xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi ekanligini, erkin va ozod, tinç va osoyişta, farovon yaşaşning qonuniy kafolati bölib kelayotganini alohida taʼkidladi. Konstitutsiyamiz xalqimiz uçun tinç, obod va farovon hayot barpo etiş, Özbekistonning xalqaro maydonda munosib örin egallaşida mustahkam poydevor bölib xizmat qilayotganini eʼtirof etib ötdi.
Taʼkidlaş joizki, tumanimizda ham Konstitutsiya va qonunlarimiz talablaridan kelib çiqib, iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholini uy-joy bilan taʼminlaş, tibbiyot va taʼlim sohalaridagi muammolar, majburiy mehnat, xususan, bolalar mehnati, işsizlik, kambağallik, korruptsiyaga qarşi kuraş masalalari keng jamoatçiligimiz iştirokida hal etilmoqda.
Şu örinda aytiş lozimki, mamlakatimizda ijtimoiy muammolarni bartaraf etiş maqsadida joriy etilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” işlaş tizimlari dastlabki ijobiy natijasini bermoqda. Tumanimizda ham “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari”ga kiritilgan 209 nafar işsiz fuqaroga 2 mlrd. sömlik subsidiya ajratilib, bandligi taʼminlangan.
Mahallalardagi hokim yordamçilari tomonidan “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş” dasturi doirasida 4 421 nafar fuqaroga tavsiyanomalar berilib, 81,8 mlrd. sömlik kreditlar ajratilgan, 6 ming nafardan ortiq fuqarolarning özini-özi band qiliş orqali bandligi taʼminlangan. “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali 743,7 gektar yer maydonlari 1338 nafar fuqarolarga ajratilgan va ularning qişloq xöjaligi ekinlarini ekiş orqali daromad topişlariga imkoniyat yaratilgan.
Bayram tadbirining tantanali qismi tugaganidan söng, tuman Madaniyat markazlari sanʼatkorlari, tumandagi musiqa va sanʼat maktablari tögaraklari havaskorlari, öquvçi-yoşlar iştirokidagi musiqiy dastur bilan davom ettirildi. “Uçqun” aşula raqs ansambli, 21-sonli Bolalar va musiqa maktabi orkestr jamoasi, 38-, 16-, 47-, 49-, 36-, 27-sonli maktablarning raqs jamoalari ijrosidagi qoraqalpoqça, qozoqça va turkmança kuy-qöşiqlar, jozibali raqslar barçaga xuşnudlik baxş etdi. Ijodkor Odiljon Şomurodovning “Yangi Özbekiston” va 40-sonli maktab öquvçilarining “Özbekiston” şeʼrlari esa tomoşabinlarning kayfiyatini kötardi. Ayniqsa, tuman yoşlari jörligidagi “Özbekiston yoşlari” va Boburjon Mahmudov, Sevinçoy Bektursunova, Izzatbek Ikromovlar ijrosidagi “Qomusim” qöşiqlari bayram tadbirining tantanavorligini yanada oşirdi.
Konstitutsiya qabul qilinganining 31 yilligiga bağişlab ötkazilgan katta bayram tadbiri barçaga manzur böldi.
O. Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶