«BEŞ TAŞABBUS OLIMPIADASI» IKKINÇI MAVSUMIGA START BERILDI
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoşlarni ommaviy sportga jalb qilişni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlaş maqsadida ötgan yili mamlakatimiz böylab “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalari ötkazila boşlangan edi. Musobaqalarning ötgan yilgi mavsumiy bosqiçlarida minglab yoşlar iştirok etib, bor mahorat va iqtidorlarini namoyiş etişdilar. Mahallalardagi yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş va ularning madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik, IT yönalişlari böyiça iqtidorlarini kaşf etiş hamda qöllab-quvvatlaş maqsadida joriy yilgi “Beş taşabbus olimpiadasi”ning ikkinçi mavsumiga ham start berildi.
9-sentyabr kuni Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tumani ixtisoslaştirilgan maktabida ham “Beş taşabbus olimpiadasi”ning ikkinçi mavsumiga start berilişi munosabati bilan oçiliş marosimi taşkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari Bayram Utemuratov, Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi markaziy apparati masʼul hodimi Azizbek Turdimurodov, Yoşlar işlari agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Pölat Maxsetbayev, tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Mahmud Şermetovlar iştirok etdilar.
Tadbirning tantanali oçiliş marosimida söz olgan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari Bayram Utemuratov “Beş taşabbus olimpiadasi” bellaşuvlari boşlanişi bilan barçani qutlab, iştirokçilarga omad tiladi.
Şundan söng tuman sport maktabi tarbiyalanuvçilari hamda tumandagi Yangiobod mahallasining yoşlari iştirokida “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida “Milliy va zamonaviy çolğu ijroçiligi” tanlovi, “Zakovat” intellektual öyini, “Yoş kitobxon” tanlovi, milliy kuraş va voleybol musobaqalari boşlandi.
Amudaryo tuman hokimligi, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi, tuman sport maktabi hamkorligida ötkazilgan uşbu tadbirlarda 479 nafardan ortiq sportçi öğil-qizlar iştirok etişdi.
“Milliy va zamonaviy çolğu ijroçiligi” yönalişida 58 nafar, “Zakovat” intellektual bellaşuvida 54 nafar, “Yoş kitobxon” tanlovida 212 nafar, milliy kuraş musobaqasida 37 nafar va voleybol musobaqasida 64 nafar, gimnastrada yönalişi böyiça esa 24 nafar mahalla yoşlari öz bilim va mahoratlarini sinovdan ötkazdilar. Bellaşuvlarda iştirok etgan yoşlarning iqtidori hakamlar tomonidan odilona baholab borildi.
Musobaqa natijalariga köra, 48 nafar yoşlar sektor bosqiçiga yöllanmani qölga kiritişdi. Aytiş joizki, amudaryolik yoşlar mamlakat böylab ötkazib kelinayotgan “Beş taşabbus olimpiadasi” musobaqalarining avvalgi mavsumlarida ham munosib iştirok etib kelişdi. Mazkur musobaqalar tuman yoşlarining intilişlarini, qiziqişlarini, salohiyatini yuzaga çiqarişda muhim maydon bölib xizmat qilmoqda.
Boşlanayotgan mavsum ham ular uçun muvaffaqiyatli bölişini tilab qolamiz.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶