“MADANIYaT KARVONI” LOYIHASI DOIRASIDA MANĞITDAGI MADANIYaT VA ISTIROHAT BOĞIDA GALA KONTsERT BÖLIB ÖTDI
Prezidentimiz taşabbusi bilan respublikamiz böylab ötkazilayotgan “Madaniyat karvoni” loyihasi bugunga kelib köpçilikning qalbidan joy oldi. Har yili ötkazilişi anʼanaga aylangan uşbu tadbir doirasida joylarda el suygan ijodkorlar, sanʼat va madaniyat namoyandalari, yozuvçi va şoirlar, ilm ahli yurtimizning barça tumanlarida bölişib, aholi bilan uçraşmoqda, yuzma yuz muloqotlar diltortar kontsert dasturlariga ulanmoqda. “Madaniyat karvoni” loyihasi doirasidagi tadbirlar aholining köngilli hordiq çiqarişiga xizmat qilayotgani barobarida madaniyat va sanʼat vakillariga, ijodkorlar qalbida yangi ijodiy işlarga rağbat uyğotmoqda.
5-sentyabr kuni Amudaryo tumanining Olmazor mahallasi hududidagi Madaniyat va istirohat boğida “Madaniyat karvoni” festivali doirasida bir guruh sanʼatkorlar “Yangi hayot uçun, Yangi Özbekiston uçun!” şiori ostida gala kontsert dasturini namoyiş etişdi.
Gala kontsertda xalqimiz sevgan madaniyat va sanʼat xodimlari, estrada yulduzlari Hamdambek Törayev, Saidahmad Xolmadov, Samandar Hamroqulov, Vohidjon Isoqov, Şarof Muqimov va boşqalar iştirok etişdi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini yuksaltiriş, madaniyat va sanʼatga bölgan qiziqişlarini yanada oşiriş hamda soha vakillarini qöllab-quvvatlaş böyiça kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Aholi, xususan, yoşlarning madaniy saviyasini yuksaltiriş, ularni milliy va umumbaşariy madaniyatning eng yaxşi namunalaridan bahramand etiş, şu asosda maʼnaviy yetuk, barkamol şaxslarni tarbiyalaş, yoş isteʼdod egalarining qobiliyati va salohiyatini röyobga çiqariş borasida keng kölamli saʼy-harakatlar olib borilayotir. “Madaniyat karvoni” loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan tadbirlar ham aynan şu maqsadga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Aytiş joizki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi qarori bilan Madaniyat vazirligi tomonidan “Madaniyat karvoni” şaklida hududlarda kontsert-tomoşa tadbirlarini ötkaziş reja-jadvali tasdiqlangan edi. Mazkur qarorda Madaniyat vazirligiga mazkur loyiha uçun möljallangan, tegişli musiqa texnikasi va sahnaga ega 2 dona maxsus avtotransport vositasini xarid qiliş, vazirlik tizimidagi kontsert-tomoşa muassasalari, tsirk va teatr xodimlari orasidan “Madaniyat karvoni” tarkibiga kiritiladigan ijodkorlar röyxatini şakllantiriş vazifalari topşirilgan edi. Uşbu topşiriqlardan kelib çiqqan holda ötgan yildan beri mamlakatimizning barça hududlarida “Madaniyat karvoni” şaklidagi kontsert-tomoşa tadbirlari ötkazib kelinmoqda.
Manğit şahrida oçiq osmon ostidagi sölim boğda bölib ötgan kontsert dasturi davomida yoşlarning sevimli xonandalari özlarining şöx kuy-qöşiqlari bilan barçaga xuş kayfiyat ulaşdi.
Taʼkidlanganidek, musiqa inson maʼnaviy dunyosiga, badiiy-estetik didi va ehtiyojlari ösişiga ijobiy taʼsir etadi. Musiqa sanʼati boşqa sanʼat turlariga qaraganda yoşlar tarbiyasiga köproq va kuçliroq taʼsir körsatadi. Yaxşi kuy-qöşiq inson qalbining nozik torlarini çertib, unga maʼnaviy quvvat bağişlaydi. Agar u Vatan madhiga, yurt şaʼniga bağişlangan bölsa, ahamiyati yanada yuksaladi. Şu maʼnoda olib qaraydigan bölsak, amudaryoliklar miriqib hordiq çiqargan mazkur gala kontsertning ahamiyati juda yuqori böldi, deyiş mumkin.
Sevara ISMOILOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶