Jayxun ilhomlari
Yangi Özbekistonim!
Olamga tanitdi özliging sening,
Yoğdular taratdi yulduzing sening.
Elaro maşhurdir nufuzing sening,
Ey ona yurt, yangi Özbekistonim!
Kundan-kun yaşnaydi boğ-u böstoning,
Yuksakka boşlaydi ötguvçi oning.
Aytmoqqa arziydi qutluğ dostoning,
Ey ona yurt, yangi Özbekistonim!
Ötmişdan boşlanar hayot saboği,
Qaddingni tiklaydi yuksaklik toği.
Hayot naşidasi senda ardoqli,
Ey ona yurt, yangi Özbekistonim!
El nafin közlovçi qonunlaring bor,
Osmoning porloqdir, yering unumdor.
Aslo tuganmasday boyliklaring bor,
Ey ona yurt, yangi Özbekistonim!
Tuğildi yangiça imkoning bu kun,
Işga tuşmoqdadir mis koning bu kun.
Kelajaging göyo quyoşdek yorqin,
Ey ona yurt, yangi Özbekistonim!
Iş yuritar senda ahli donolar,
Kundan-kun böy çözar baland binolar.
Xalqqa manzur bölar nurli xonalar,
Ey ona yurt, yangi Özbekistonim!
Har jabhada bordir buyuk özgariş,
Yangiça tadbirlar, yangiça yuriş.
Gözallik tarziga pardozlar beriş,
Ey ona yurt, Yangi Özbekistonim!
Sport maydonida bayroğing baland,
Iqtidorli yoşlarga ardoğing baland.
Jahon aro sening dovruğing baland,
Ey ona yurt, yangi Özbekistonim!
Bilim maskanida bor tengsiz misol,
Kelajak yoşlaring topadi iqbol.
Özbek degan noming ellarga timsol,
Ey ona yurt, yangi Özbekistonim!
Yangi Manğit bu kun kötarmoqda qad,
Talpingan dillarda bordir jasorat.
Yangiliklar sari çorlar irodat,
Ey ona yurt, yangi Özbekistonim!
Ötmişni bu kunga gar etsak qiyos,
Yangiça hayotga tuğilar ixlos.
Har bitta uduming insonlarga xos,
Ey ona yurt, yangi Özbekistonim!
Dilsayyor mamnundir hayot yölidan,
Şodlikka vobasta iqbol nuridan.
Ilhomi jöş urar tuyğularidan,
Ey ona yurt, yangi Özbekistonim!
Xudoybergan JUMAMURODOV.
Amudaryo
Boğlaringda gullar bölib oçilsam,
Har qadamda ifor bölib soçilsam.
Rayhon bölib porlasam köçalarda,
Amudaryom, heç armonim bölmasdi.
Kelgan mehmon gözallikdan zavqlansa,
Iştiyoqi oşib, közi xumorlansa,
«Boği Eram», deya dillar havaslansa,
Amudaryom, heç armonim bölmasdi.
Bağringda bir mevazorga aylansam,
Hayrat töla yuraklarga joylansam.
Bir bor kelgan mehmon qayta soğinsa,
Amudaryom, heç armonim bölmasdi.
Bugun tarix sözlamoqda adolatdan.
Har göşangda köngil obod tarovatdan.
Törtta fasl bergan rizq-u barokatdan,
Amudaryom, mangu yorqin kelajaging!
Zuhra Ahmedova.
Orolim
Orolim, sen mening taqdirim, borim,
Közimdagi nurim, tomirda qonim,
Qismatingdan sözlab, ingrar bu jonim.
Faqat sen ketmagil, ketmagil orim,
Kuzgi xazon yangliğ sölma, Orolim.
Xalqimning qalbida uşalmas armon,
Barçaning tunlari uyqusiz, bedor,
Nobud bölib ketmoqda qançalab jonlar...
Faqat sen ketmagil, ketmagil orim,
Kuzgi xazon yangliğ sölma, Orolim.
Mayli ,taşvişlarga tölsin bu boşim,
Mayli, keragiça oqsin köz yoşim,
Mayli, çidab bersin sönggi bardoşim.
Faqat sen ketmagil, ketmagil orim,
Kuzgi xazon yangliğ sölma, Orolim.
Ketsang-da çekinib qirğoqdan zor-zor.
Hali umid quyoşi porlagay dilda,
Quçoqlaring tölgay limmo-lim suvga.
Faqat sen ketmagil, ketmagil orim,
Kuzgi xazon yangliğ sölma, Orolim.
Mahbuba Sariyeva,
69-sonli maktab öqituvçisi.
FAXRIMSAN!
Kindik qonim tökilgan qadrdon ota makon,
Faqat sening quçoğingda orom olar şirin jon.
Mening jism-u jonim-la tursin noming yonma-yon,
Öğil-qizing baxtisan, faxrimsan, Amudaryo!
Qayga borsam, atasinlar meni Amu qizi, deb,
Şuning uçun nurga töla, porlab turar közi, deb.
Uşbu elning insonlari fariştaning özi, deb,
Öğil-qizing baxtisan, faxrimsan, Amudaryo!
Taqir yerda nihollar östirgan boğbonlaring,
Ona yerni isrof qilmay yaşaydi dehqonlaring.
Bolalarga ilm-u hunar örgatgan ustozlaring,
Öğil-qizing baxtisan, faxrimsan, Amudaryo!
Haqiqatni gapiramiz, bizda quruq maqtaş yöq,
Aql bilan iş tutamiz, şuning uçun kulfat yöq.
Hamma bilib turibdi-ku, aytişga heç hojat yöq,
Öğil-qizing baxtisan, faxrimsan, Amudaryo!
Sen haqingda kuylasam, saxiy deymi nomingni?
Axir faqat bizlar uçun baxş etgansan boringni.
Ming yillarki, yuvib yotar Jayhun aziz poyingni,
Öğil-qizing baxtisan, faxrimsan, Amudaryo!
Noming tildan tuşmas sira, eng gözal va jarangdor,
Ajdodlarning duolari qöllayveradi takror.
Sen uçun fido jonlar har yumuşingga tayyor,
Öğil-qizing baxtisan, faxrimsan, Amudaryo!
Farzandlaring har sohada bilimdon-u peşqadam,
Baland-baland marralarni közlab, taşlaydi qadam.
Xalqim, degan ne mardlaring ezguliklarga hamdam,
Öğil-qizing baxtisan, faxrimsan, Amudaryo!
Sening mehring erur xalqni birdamlikka köndirgan,
Şu birdamlik ila barça illatlarni söndirgan.
Sen buyuksan, oğuşingda buyuklarni östirgan,
Barno qizing baxtisan, faxrisan, Amudaryo!
Barno Samandarova.
VATANIM!
Vatanim, bağringda ösayapman baxtli,
Sen borsan, ğamim yöq, yuraman şaxdli.
Sen bizga iftixor, noming şarafli,
Har olgan nafassan, bizga kerakli.
Sendan aslo ayro tuşmasin yölim,
Sen-la birga bölsam, samoda qölim.
Kökni böylayverar sarvqomat böyim,
Sen bilan tatiydi bayramim, töyim.
Heç qaysi Vatanga alişmam seni,
Axir bolam, deding ulğaytib meni.
Endi ayt, farzanding senga deb neni
Ilinsin, sen unga ilingan kabi!
Senda topgan öşa huzur-halovat,
Boşqa heç jahonda qilmas tarovat.
Sening çiroyingdan gullar xijolat,
Men uçun bu borliq sendan iborat!
Feruza Rahimova.
VATAN
Vatanga bir nazar sol,
Iforidan orom ol.
Tört tomoni çamanzor,
Avlodlar topgay kamol.
Vatanim qudratidan,
Haybat-u savlatidan.
Faxr etaman hamişa,
Hurriyat davlatidan.
Mevazor boğlarida,
Purviqor toğlarida,
Oçilmagan sirlar bor,
Oq-marmar tonglarida.
Gullarini hidlasang,
Vatan hidi keladi.
Zilol, tiniq suvlari,
Dilga orom beradi.
Maşhura Rajabova.
Özbekiston
Vatanim Özbekiston,
Osmonlari musaffo.
Şunçalar sölim makon,
Havosi tanga şifo.
Vatanim, gul çamanim,
Jon qadar aziz makon.
Mehrga töla bağring,
Jonajon Özbekiston.
Rayhon Tojiboyeva,
50-maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶