Maktablar yangi öquv yiliga taxt qilib qöyildi
Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufida 85ta umumtaʼlim maktablari, 52ta maktabgaça taʼlim taşkilotlari va 1ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat olib boradi. 2023-2024 öquv yilida 32 635 öquvçi örniga ega maktablarda xalqimizning ilmga çanqoq öquvçi-yoşlari taʼlim-tarbiya olişi rejalaştirilgan bölib, ularga salkam 3800 nafar oliy maʼlumotli, 58 nafar tugallanmagan oliy, 208 nafar örta maxsus maʼlumotga ega malakali öqituvçilar saboq berişadi.
Maktablarni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlaş borasida davlatimiz tomonidan körsatilayotgan eʼtibor va rağbat tufayli, qolaversa, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29 nobyardagi “Yoşlarni “Bir million dasturçi” loyihasi doirasida öqitiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 716-sonli Qarori asosida 17ta umumtaʼlim maktabiga kompyuter sinf jamlanmalari yetkazib berildi. 37ta maktab 40 mb/s, 48ta maktab 100mb/s tezlik internet tarmoği bilan taʼminlangan.
Öquvçi-yoşlarning umumtaʼlim fanlarini mukammal örganişlari uçun “Barkamol avlod” bolalar maktabi va umumtaʼlim maktablari huzurida turli yönalişlardagi 67ta tögarak faoliyati yölga qöyilgan va mazkur tögaraklarga 1668 nafar öquvçi-yoşlar qamrab olingan.
Maktablarda yangi öquv yili boşlanişiga sanoqli kunlar qoldi. Öquv muassasalarini yangi öquv yiliga tayyorlaş, taʼmirtalab maktablarni joriy taʼmirlaş işlari bilan tanişiş maqsadida biz ijodiy guruhimiz bilan quriliş-taʼmirlaş işlari olib borilayotgan maktablarda böldik.
Ayni paytda Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 23ta maktab tabiiy gaz tarmoğiga ulangan bölib, mazkur maktablar kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz bilan, 2ta maktab elektr energiyasi bilan, 60ta maktab esa kömir yoqilğisi bilan isitiladi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyun kungi “Qoraqalpoğiston Respublikasi şahar hamda tumanlaridagi xalqni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf qiliş maqsadida ijtimoiy soha hamda infrastruktura obʼektlarida quriliş-taʼmirlaş işlarini olib boriş haqida”gi 1235-sonli Qarori asosida tumanning Jumurovul mahallasi hududida joylaşgan 45-sonli umumtaʼlim maktabida loyiha qiymati 3,5 milliard sömlik mukammal taʼmirlaş işlarini bajariş belgilangan bölib, bugungi kunda maktab binosida taʼmirlaş işlari davom etmoqda.
Mukammal taʼmirlaş jarayonida maktab binosining yoğoç derazalari akfa romlariga töliq almaştirilib, isitiş tizimlari yangidan örnatildi. Barça taʼmirtalab sinfxonalarning pollari qaytadan pollanib, elektr payvandlaş işlari sifatli olib borildi. Maktab binosida ayni kunlarda sönggi pardozlaş işlari ham öz yakuniga yetkazilmoqda.
Şuningdek, “Taşabbusli byudjet” mablağlari hisobidan Manğit şahrining Navoiy nomli mahallasi hududidagi 1-sonli, Beruniy nomli mahallasi hududidagi 31-sonli umumtaʼlim maktablari binolarida joriy taʼmirlaş işlarini amalga oşiriş, Özbekiston mahallasi hududidagi 44-sonli maktabga isitiş tizimlari va akfa deraza romlarini örnatiş, Daryoböyi mahallasidagi 65-sonli maktabga qöşimça sinfxonalarini quriş belgilangan. Uşbu törtta maktabning har biriga loyiha qiymati 1,2 milliard sömdan, Bobur nomli ovul hududidagi 86-sonli maktabning isitiş tizimini örnatiş uçun 600 million, jami 5,4 milliard sömlik “Taşabbusli byudjet” mablağlarini jalb etiş rejalaştirilgan.
Isitiş tizimlari kömir bilan işlaydigan umumtaʼlim maktablarida 2023-2024 öquv yilida kuz-qiş mavsumini betalofat ötkaziş maqsadida reja qilingan 4302 tonna kömir yoqilğisi taʼlim muassasalariga yetkazib berilib, kömir yoqilğisining sifatli saqlaniş çoralari körib qöyildi. Yoqilği mahsulotlari kömirxonalarga kiritilib, ustidan qalin loy suvoq qilindi.
Xulosa qilib aytganda, Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi barça umumtaʼlim muassasalari yangi öquv yiliga taxt holatga keltirilgan 2023-2024 öquv yilida tuman maktablariga 1-sinflarga qabul qilinadigan 4343 nafar bolajonlar uçun “Prezident sovğasi” – 12 nomdagi öquv qurollari ham qabul qilinib, tayyorlab qöyildi. Qilinayotgan barça saʼy-harakatlar Yangi Özbekistonning barkamol va yetuk yangi avlodiga mukammal taʼlim-tarbiya berişdek şarafli vazifani ado etişga qaratilgandir.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶