SANʼATDA ÖZ SOZIGA EGA
Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam oliş xizmatlari körsatiş darajasini oşiriş, barça hududlarda teatr, tsirk va boşqa turdagi ommaviy-madaniy va kontsert-tomoşa tadbirlarini tizimli ravişda yölga qöyiş, madaniyat va sanʼat sohasida isteʼdodli yoş ijodkorlarni izlab topiş va qöllab-quvvatlaş borasidagi amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar özining ijobiy natijalarini berayotir.
Samandar Abdullayev Qangli ovulidagi Madaniyat markazida estrada xonandaligi tögaragi aʼzosi, qöşimça rassomlik, baxşiçilik tögaraklariga ham qatnaşadi. 2004-yilda tuğilgan bu isteʼdodli yigit ikkinçi guruh nogironi bölişiga qaramay, öz ustida tinmay işlaydi, köp şeʼrlar öqiydi va öziga maʼqul bölganini tanlab, mustaqil kuy bastalab, özi ijro etadi. Könglidagi qöşiqqa siğdira olmagan his-tuyğularini, olam ranglarini böyoqlarda aks ettirişga intiladi.
U ötgan yili nogironligi bölgan yoşlar örtasida ötkazilgan “Vatan – mening nigohimda” nomli rasmlar tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi ğolibi böldi. Samandar asosan portret janrida ijod qiladi. Şuningdek, tabiat manzaralarini çizişga ham qiziqadi.
Samandar Abdullayev Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qöşiqçilari tanlovi, “Yagonasan, muqaddas Vatan!” qöşiqlar tanlovi tuman bosqiçida ham muvaffaqiyatli qatnaşdi va ijrosi tinglovçilarga maʼqul böldi.
U ötgan yili umumiy örta taʼlim maktabini tugatdi, biroq oliygoh talabasi böliş nasib etmadi. Uning maqsadi sanʼat yönalişida oliy taʼlim olib, yoşlarga örgatişdir.
Uning qiziqişlarini dadasi Yoqubboy Abdullayev, akalari ham hurmat qilişadi. Boisi, dadasining özi sanʼat şinavandasi, doira, rubob çalişdan zavq oladi, farzandlarini ham sanʼatsevar qilib tarbiyalaşga intiladi. Butun oila jam bölib ötirgan vaqtlarida rubob, doira “tilga” kirib, şöx qöşiqlar yangraydi, özlari bundan çeksiz zavq olişadi. Samandar uçun esa bu kabi maşğulotlar şunçaki qiziqiş emas, tanlagan ixtisosligi yölidagi ibratli maktabdir.
Iqtidorli, isteʼdodli yoşlar – yurtimiz faxri. Samandarga esa ijodiy barkamollik tilab qolamiz.
Sevara ISMOILOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶