Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi mahalla faollari bilan uçraşdi
5-iyul kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev amudaryolik köça boşçilari va mahalla faollari bilan uçraşdi.
Uçraşuvda Jöqorği Kengesi Raisi Qoraqalpoğiston Respublikasi aholisiga munosib turmuş şaroitlarini yaratiş va insonlarning ötayotgan har bir kunidan rozi bölib yaşaşlari uçun keng kölamli islohotlar amalga oşirilayotganligini taʼkidladi.
Aytib ötiş joiz, ötgan yillar mobaynida Prezidentimizning alohida eʼtibori va ğamxörligi sabab qoraqalpoğistonliklar uçun köplab imtiyozlarga ega yangidan yangi qaror va farmonlar qabul qilindi. 2022-yil 31-avgust kungi “Qoraqalpoğiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantiriş orqali aholi farovonligini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berilgan bölsa, şu yilning 25-oktyabr kuni qabul qilingan “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxşilaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaror bilan mahallalar obodonlaştirilib, infratuzilmasi yaxşilandi.
Amudaryo tumanida ham mazkur qaror asosida 26 ta obʼektda quriliş işlari jadal surʼatlarda olib borildi. 2 ta mahallaning maʼmuriy binosi qurilib, foydalanişga topşirildi. Umumiy uzunligi 55,2 km bölgan içki yöllar taʼmirlandi. Elektr taʼminoti, içimlik suvi bilan boğliq muammolar öz yeçimini topdi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpoğiston Respublikasida mahallalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasini taşkil etiş töğrisida”gi qaroriga asosan Qoraqalpoğistondagi 452 ta mahallaning har biriga töğridan-töğri 500 mln. sömdan ajratildi. Ajratilgan mablağlarni esa har bir mahallaning özi, öz muammolarini hal qiliş uçun işlatişi belgilangan. Albatta, uşbu mablağlarning qanday maqsadlarga sarflanişi köça boşçilarining, mahalla faollarining takliflari asosida aniqlanadi.
Uşbu qaror bilan Qoraqalpoğiston Respublikasidagi mahallalarning inftaruzilmasini rivojlantiriş, aholining turmuş darajasini yanada yaxşilaş, mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etiş, mavjud muammolarni öz vaqtida aniqlaş va yeçimini topiş hamda hal qiliş maqsad qilingan.
Köça boşçilari bilan bölib ötgan uçraşuv şu yönalişdagi işlarning amalga oşirilişi uçun zaruriy çora-tadbirlarni belgilab olişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Uçraşuvda faol köça boşçilari, mahalla faollari sözga çiqib, öz ovul va mahallalarida, köçalarida amalga oşirilayotgan işlar uçun minnatdorçilik bildirgan holda mahalla institutining jamiyatdagi nufuzini yanada oşiriş, aholining birdamligini va yakdilligini taʼminlaşda öz hissalarini qöşişlarini aytib ötdilar.
Uçraşuv yakunida yoş avlod maʼnaviyatini yuksaltirişga, ularning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bölib voyaga yetişlariga öz xissalarini qöşgan, uzoq yillar mobaynida taʼlim va boşqa sohalarda faoliyat yuritgan nuroniylar Tursunboy Abdullayev, Jangabay Rajabov, Pardagul Örazbayevalar “Ardoqli nuroniy” kökrak nişoni bilan, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist Robiya Yöldaşeva esa “Vatan fidoiysi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶