ÇOYKÖLLIK YoŞLAR UÇUN KONTsERT DASTURI NAMOYIŞ ETILDI
Mamlakatimiz aholisining 55 foizini 30 yoşgaça bölgan yoşlar taşkil etadi. Har yili mehnat bozoriga minglab yoşlar kirib keladi. Ularga sifatli taʼlim beriş, kasb-hunarga öqitiş va bandligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Yoşlar bilan işlaş, ularning muammolarini mahallada hal etiş, ularni tadbirkorlikka jalb qiliş, işlab daromad topişlariga va salohiyatini namoyon etişiga şaroit yaratiş borasida tizimli işlar amalga oşirilayapti. Iş bilan band bölmagan, dehqonçilik qilişga qiziqişi bor yoşlarga ijaraga ekin maydonlari uzoq muddatga ijaraga berilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kasb-hunar bilan şuğullanişni xohlovçi yoşlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar berilayotir.
Yoşlar orasida barçaning doimiy eʼtibori va ğamxörligiga muhtoj, imkoniyati çeklanganlari ham borki, ular ovul-mahallalarda şakllantirilgan “Yoşlar balansi”da alohida röyxatga qöyilgan. Ularning holidan xabar olib turiş, qiziqişlari, qobiliyatiga köra bandligini taʼminlaş, böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş tegişli sohalar masʼullarining vazifasi qilib belgilangan.
Mamlakatimizda iyun – Yoşlar oyligi doirasida yoşlarga oid maʼnaviy tarğibot tadbirlari, turli festivallar, tanlovlar, köngiloçar tomoşalar ötkazilmoqda, yoşlarni mafkuraviy tahdidlardan işonçli himoya qilişga eʼtibor kuçaymoqda.
9-iyun kuni tuman Madaniyat va turizm bölimi tomonidan Çoyköl madaniyat markazida “Yoşlar oyligi” doirasida köngiloçar tadbir ötkazildi.
Çoyköllik yoşlar bilan uçraşuv tarzida boşlangan tadbirni ovul oqsoqoli Behzod Aytekov oçdi va yiğilgan yoşlarni “Yoşlar oyligi” va yaqinlaşib kelayotgan Yoşlar kuni bilan qizğin qutladi. Ovul yoşlariga hududini obod va farovon göşaga aylantirişda öz mehnatlari bilan hissa qöşişiga işonç bildirdi. Ovul yoşlari yetakçisi Xursand Şukurullayev, Çoyköl madaniyat markazi mudiri Bahodir Rajabovlar ham sözga çiqib, yoşlarni tabriklab, ular uçun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanişga daʼvat etdi.
Şundan söng tumanimizning iqtidorli sanʼatkorlari ijrosida kontsert dasturi taşkil etildi. Şuningdek, kontsert davomida tuman Madaniyat va turizm bölimi tomonidan yoşlar uçun tayyorlangan bayram sovğalarini bölimning yoşlar bilan işlaşiş böyiça mutaxassisi Nasibaxon Eşçonova, Xursand Şukurullayevlar topşirdilar.
Yoşlik! Inson mustahkam bilim, kasb-hunari bilan öz kelajagiga dadil qadam qöyadigan fasl. Bu davrda ularga öqiş-örganişga, ulkan marralarni zabt etişga ruhlantiriş juda muhim.
Şu maʼnoda olib qaraydigan bölsak, Çoyköl yoşlari bilan tumanimiz sanʼatkorlarning uçraşuvi, ular uçun namoyiş etgan kontsert dasturining ahamiyati ulkan böldi, deyiş mumkin.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶