Öquvçilarga milliy musiqa çolğu asboblarida kuy ijro etiş könikmalari örgatilmoqda
Maʼlumki, Prezidentimizning “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 112-son Qarorida joriy öquv yilidan boşlab, taʼlim muassasalarida öquvçi va talabalarning musiqiy bilim va könikmalarini oşiriş, ularning qalbida milliy madaniyatga bölgan muhabbatni şakllantiriş, yoş isteʼdodlarni aniqlaş va qöllab-quvvatlaşga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş belgilangan. Şunga köra umumtaʼlim maktablarida milliy musiqa çolğu asboblarida kuy ijro etiş könikmalari örgatilmoqda.
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tumani ixtisoslaştirilgan maktabida ham musiqa öqituvçisi Şoira Yoqubova rahbarligida «Do, mi, sol» tögaragi taşkil etilgan. Amaliy tögarak va fakultativ darslar davomida milliy musiqa çolğularida kuy ijro etiş böyiça maşğulotlar taşkil etilib, öquvçilarning qiziqişlari oşirilmoqda. Öquvçilar maşğulotlarda dutor, qaşqar rubob, doira kabi milliy musiqa asboblarini çalişni örganişmoqda.
Yaqinda maktabning «Do, mi, sol» tögaragi aʼzolari iştirokida tayyorlangan hisobot kontserti namoyiş etildi. Kontsertda öquvçilar özlarining iqtidorlarini, çolğu asboblarini çaliş böyiça mahoratlarini va sanʼatga bölgan qiziqişlarini körsatib, olqişlarga sazovor bölişdi. Qiziqarli ötgan kontsert va öquvçilarning ijrolari barçaga manzur böldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶