06.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
06.10.2026, 06:12
Jamiyat 👁 2,704

Amudaryo tumanida aʼlochi oʻquvchilarga oʻquv qurollari sovgʻa qilindi

Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarining taʼlim olishi uchun teng imkoniyat yaratish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, soʻnggi yillarda bu borada manzilli yordam tizimi shakllantirildi va yordam kimga, qanday hajmda yetib borayotgani raqamli platformalar orqali aniq hisobga olinadigan boʻldi. Bunday yondashuv koʻmakning haqiqiy ehtiyojmandlarga oʻz vaqtida va toʻliq yetib borishini taʼminlash imkonini beradi.

Aynan shu maqsadda joriy etilgan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularga koʻrsatiladigan koʻmakni muvofiqlashtirish imkonini bermoqda. Mazkur tizimga kiritilgan oilalar bilan ishlash esa hududlardagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari zimmasiga yuklatilgan. Markazlar oilalarning ijtimoiy holatini oʻrganib, ularga zarur boʻlgan yordam turlarini belgilashda bevosita ishtirok etmoqda.

Mustaqillik bayrami arafasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda hududlardagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday ezgu tadbirlardan biri yaqinda Amudaryo tumanida boʻlib oʻtdi. Tadbir doirasida tumanda istiqomat qiladigan, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida roʻyxatga olingan oilalarning aʼlochi farzandlari uchun oʻquv qurollaridan iborat sovgʻalar topshirildi. Sovgʻalar yangi oʻquv yilida bolalarga kundalik mashgʻulotlarida asqotadigan oʻquv anjomlaridan iborat.

Tuman hokimligi binosida tashkil qilingan marosimda hokim oʻrinbosari Jasur Yaxshimov, tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi boshligʻi Gʻulomjon Duysenbayev hamda tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri Yalgʻash Shomurodovlar ishtirok etdi. Masʼullar aʼlochi oʻquvchilarni yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 35 yillik bayrami va «Bilimlar kuni» bilan tabriklab, ularning oilasiga, ustozlariga minnatdorchilik izhor etdi hamda bunday eʼtibor bolalarda ilmga boʻlgan ishtiyoqni yanada oshirishiga ishonch bildirdi. Taʼkidlanganidek, bugun maktab partasida olingan bilim yoshlarga kelajakda kasb tanlash va hayotda oʻz oʻrnini topish uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi.

Marosim soʻngida homiylar tomonidan taqdim qilingan sovgʻalar oʻquvchilarga tantanali ravishda topshirildi. Homiylarning ushbu xayrli tashabbusi ehtiyojmand oilalar uchun yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik tashvishini birmuncha yengillashtirdi.

Qayd etish joizki, bunday tadbirlarning bayram va yangi oʻquv yilining boshlanishi arafasida oʻtkazilishi bolalarda bayram kayfiyatini uygʻotish bilan birga, ularning mehnati va tirishqoqligi jamiyat tomonidan eʼtirof etilayotganini koʻrsatadi. Aʼlochi oʻquvchilarni ragʻbatlantirish esa ularning tengdoshlari uchun ham oʻziga xos motivatsiya vazifasini oʻtaydi. Ayniqsa, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarda oʻsayotgan bolalar uchun bunday eʼtibor alohida dalda boʻladi.

Ehtiyojmand oilalar farzandlarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi bu kabi xayrli ishlar har bir bolaga bilim olish va oʻz qobiliyatini namoyon qilish uchun barobar sharoit yaratishga xizmat qiladi. Aʼlochi oʻquvchilarga nisbatan bunday gʻamxoʻrlik esa jamiyatda ilmga boʻlgan hurmat hissini yanada mustahkamlaydi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026