16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:07
Madaniyat 👁 501

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari hamda faxriylariga BAYRAM TABRIGI

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari hamda faxriylariga BAYRAM TABRIGI

Qadrli madaniyat sohasi fidoyilari, aziz faxriylar!

Sizlarni va Siz orqali yurtimizdagi barcha madaniyat va sanʼat jonkuyarlarini kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklab, oʻzimning yuksak hurmatim va samimiy ehtiromimni izhor etishdan xursandman! 

Maʼlumki, odamlarni ezgu gʻoyalar atrofida birlashtirib, ularga quvonch va shodlik ulashishda, mamlakatni dunyoga tanitishda madaniyat va sanʼatning oʻrni va taʼsiri beqiyosdir.

Shu sababli ham soʻnggi yillarda mamlakatimizda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, ajdodlarimizdan qolgan moddiy va madaniy merosni saqlash va targʻib etish, bir soʻz bilan aytganda, madaniyat va sanʼat sohasini zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tumanimizda ham soha fidoyilari xalqimizning maʼnaviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.

Tuman Madaniyat va turizm boʻlimi, boʻlim tasarrufidagi madaniyat markazlari, Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, Madaniyat va istirohat bogʻi hamda tuman tarixi muzeyi mehnat jamoasi aholi, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongiga yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik gʻoyalarini singdirishda jonbozlik koʻrsatmoqdalar.

“Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli, “Ofarin” folklor-etnografik xalq  ansambli, “Jayxun moʻʼjizasi” anʼanaviy sahna-tsirk xalq havaskorlik jamoalari ham musiqa, tsirk va xalq ijodiyotining betakror asarlarini aholi orasida keng targʻib qilib kelmoqda.

Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida esa kelgusida xalqimiz sanʼatini jahon sahnalariga olib chiqishga qodir boʻlgan umidli yoshlar bilim olmoqdalar.

Bugungi bayram munosabati bilan tumanimizda madaniyat va sanʼat sohalarida ishlayotgan barcha xodimlarni, sohada koʻp yillar samarali mehnat qilib, bugun keksalik gashtini surayotgan faxriylarimizni yana bir bora chin qalbimdan samimiy tabiklayman!

Aziz yurtdoshlar!

Shu kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – umumxalq Referendumiga tayyorgarlik ishlari muhim pallaga kirgan. Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda barcha sohalar qatori madaniyat va sanʼatni yanada rivojlantirish, fuqarolarning ushbu sohalarda huquq va erkinliklarini taʼminlash masalasiga ham katta eʼtibor qaratilmoqda.

Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda alohida bobning “Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar” deb nomlanayotgani, 53-moddasida esa “Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida gʻamxoʻrlik qiladi” deya belgilab qoʻyilayotgani fikrimizning isbotidir.

Shunday ekan, barchangizni yurtimizda inson huquqlarini ulugʻlab, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadigan ushbu muhim hujjat boʻyicha Referendumda faol ishtirok etishga chaqiraman.

Hurmatli madaniyat va sanʼat xodimlari, qadrli faxriylar!

Sizlarni yana bir bora kasb bayramingiz – Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni bilan tuman hokimligi va shaxsan oʻz nomimdan samimiy tabriklayman.

Barchangizga mustahkam sogʻliq, ijodiy ishlaringizda ulkan zafarlar, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik tilayman.

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin, aziz madaniyat va sanʼat fidoyilari!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026