Eng munosib nomzodlarga ovoz berdim
Insoniyat yaratilibdiki, doimo yaxşi yaşaşga intiladi, bolalari bağrida bexavotir ulğayişini, barkamol bölib voyaga yetişini orzu qiladi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz fuqarolari ana şunday uluğ kunlarga yetişdilar. Baxtli, farovon yaşaş uçun intilganlarga imkon eşiklari keng oçildi.
Men hozir 85 yoşdaman, 40-yildan ziyod 33-umumtaʼlim maktabida bolalarga saboq berdim.Öz hayotimdan xulosa çiqarib aytamanki, ösib kelayotgan yoş avlodning barkamol insonlar bölib voyaga yetişişlari uçun yaratilgan şaroitlar bizning davrimizda orzu edi, xolos. Öqituvçi mehnati qadrsiz, hatto oziq-ovqat mahsulotlari – un, moylar bizga kolxozçilardan ortsagina sotilar edi.
Şularni öylab, keksayganimda bölsa-da, bugungiday dorilomon kunlarga yetganimga qayta-qayta şukrona aytaman. Özbekistonimizni 23-yilda rivojlangan davlatlar qatoridan joy olib, dunyo hamjamiyati hayrat, havas bilan qaraydigan yurt darajasiga yetkazgan Yurtboşimiz I.Karimovga tolmas kuç-ğayrat tilayman. 6-dekabr kungi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda jurnalist Ş.Usnatdinovni bağriga bosib qutlaganida xuddi butun qoraqalpoq elini bağriga bosganday quvonib ketdim.
Men şu yurtimiz kelajagi uçun 21-dekabr kuni saylovda qatnaşib, eng munosib nomzodlar uçun ovoz berdim. Bu mening ertagi kunimizning yanada porloq bölişiga qöşgan hissam böladi.
Xolboy XUDAYBERGANOV,
Amudaryo tumani.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶