“UMID NIHOLLARI - 2022” SPORT MUSOBAQASI ĞOLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI
Yoşlarning sportga bölgan havas va intilişlarini oşiriş, ularni ommaviy sportga jalb etiş orqali soğlom turmuş könikmalarini şakllantiriş, umidli sportçilarni tanlab oliş va ularning mahorat könikmalarini rivojlantiriş maqsadida umumtaʼlim maktab öquvçilari örtasida har yili “Umid nihollari” sport musobaqalarini ötkaziş yaxşi anʼanaga aylandi. “Umid nihollari – 2022” sport musobaqalari Amudaryo tumanida ham zör uyuşqoqlik bilan ötkazildi.
Uç bosqiçli “Umid nihollari – 2022” sport musobaqasining Qoraqalpoğiston Respublikasi final bosqiçida amudaryolik öquvçi-yoşlar sportning basketbol, gandbol, gimnastika, yengil atletika, kuraş, şaxmat turlari böyiça iştirok etişib, yuqori natijalarni qölga kiritdilar.
Xususan, sportning basketbol turi böyiça 33- va 52-sonli maktablar terma jamoalari ösmirlar örtasida faxrli 1-örinni, 19-, 33-, 53-maktablarning qizlar terma jamoalari 3-örinni egallaşdi. Sportning gandbol turi böyiça bölib ötgan musobaqalarda 41-maktab qizlar jamoasi 2-örin sohibi böldilar.
Şuningdek, 20-sonli maktabning gimnastikaçi qizlari Dilnura Davlatboyeva hamda Barçinoy Baxtiyorovalar musobaqaning 3-poğonasidan joy oldilar.
Sportning yengil atletika turi böyiça bölib ötgan qizğin baholarda 100 metrga yugurişda ösmirlar örtasida 1-maktab öquvçisi Sardor Rahimov 1-örinni, 200 va 400 metrga yugurişda 19-maktab öquvçisi Gulbonu Örinboyeva 2-, va 3-örinlarni, 800 metrlik masofada 35-maktab öquvçisi Dinora Matyoqubova, uzunlikka sakraş böyiça musobaqalarda 50-maktab öquvçisi Dilfuza Mamurodovalar 2-örinlarni egallaşdi.
Şuningdek, estafetali yuguriş va kuraş böyiça musobaqalarda ham amudaryolik öquvçi-yoşlar yuqori natijalarga erişdilar.
Sportning şaxmat turi böyiça musobaqalar yanada qiziqarli va taassurotlarga boy böldi. Unda 15 yoşgaça bölgan qizlar örtasida 56-maktab öquvçisi Umida Töliboyeva 2-örin sohibasi böldi. 13 yoşgaça bölgan qizlar örtasida 69-sonli maktab öquvçisi Xolida Otajonova 3-örinni, 17 yoşgaça bölgan ösmirlar örtasida 46-maktab öquvçisi Azizbek Rajabov faxrli 2-örinni egalladilar.
Mazkur final musobaqalarda ğolib va sovrindor bölgan har bir yoş sportçiga sport liboslari jamlanmasi, 1-öringa noutbuk, 2-öringa televizor va 3-öringa velosiped sovğa qilindi.
Sportning şaxmat turi böyiça 13 yoşgaça bölgan ösmir qizlar örtasida 3-örinni egallagan 69-sonli maktab öquvçisi Xolidaxon Otajonovaning sportdagi bu yutuği nafaqat oila aʼzolari, balki 69-sonli maktab pedagogika jamoasi, ustozlari va maktabdoşlariga ham çeksiz quvonç bağişladi.
Maktabda ötkazilgan ğolib sportçini taqdirlaş marosimida yoş sportçining ustozlari, maktabdoş döstlari sözga çiqişib, mamlakatimizda, qolaversa, tumanimizda bolalar sportini, rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar haqida mamnuniyat bilan söz yuritdilar.
Ayni paytda 69-sonli umumtaʼlim maktabida öquvçi-yoşlarning ilm asoslarini çuqur özlaştirişlari, özlari xohlagan fan yönalişlari böyiça qöşimça dars-maşğulotlarida iştirok etişlari, sportning olimpiada turlari böyiça şuğullanişlari uçun zarur şaroit-şaroitlar yaratilib, tögaraklar faoliyati yölga qöyilganini, bu esa taʼlim-tarbiya sohasida yuqori natijalarga erişiş uçun zarur imkoniyat ekanligini taʼkidladilar. Öz navbatida yoş şaxmatçi Xolidaxon Otajonovaga kelajakda kuçli şaxmatçi bölib yetişişida yutuqlar tiladilar.
Taqdirlaş marosimida Xolida Otajonovaga ğoliblik Diplomi, sport formasi jamlanmasi va velosiped topşirildi.
Şuni alohida qayd etiş kerakki, “Umid nihollari – 2022” sport musobaqalarida sovrindor bölgan öquvçilarga taʼlim berayotgan 7 nafar jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga ham sport libosi jamlanmasi va sport sumkasi sovğa qilindi. Quvonçlisi şundaki, “Umid nihollari-2022” sport musobaqasining Qoraqalpoğiston final bosqiçida amudaryolik sportçi-öquvçilar 14 ta oltin, 21 ta kumuş va 20 ta bronza medal, jami 55 ta medal bilan umumjamoa hisobida faxrli 2-örinni egalladilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶