“Nöğay eşon” jomʼe masjidining yangi binosi qurilişiga ilk ğişt qöyildi
Masjid – möʼmin-musulmonlar uçun ibodat maskanidir. Ruhiy ozuqa oladigan va özaro birodarlik riştalarini mustahkam boğlaydigan masjidlarning bunyod etilişi, mavjudlarining taʼmirlanib, ibodat qiluvçilar uçun qulay holatga keltirilişi yurtdoşlarimizning ayni könglidagi işlardir.
Maʼrifat va ruhiy tarbiya maskani hisoblanmiş masjidlarning Amudaryo tumanida ham bunyod etilayotgani barça uçun quvonarli, albatta.
Şu yilning 30-iyulida tumanning Çoyköl ovuli aholisi hayotida unutilmas voqea böldi: hududdagi imorati eskirib, bugungi kun talablariga javob bermay qolgan “Nöğay eşon” jomʼe masjidining yangi binosi qurilişiga tamal toşi qöyilgan, tegişli taşkilotlar ruxsatnomasi asosida masçid binosini qaytadan bunyod etiş işlari boşlangan edi.
Poydevori bitkazilgan bino devoriga ilk ğiştni şu kuni tumanimizga xizmat safari bilan taşrif buyurgan Qoraqalpoğiston musulmonlari qoziyoti qozisi Şamsiddin Baxaöaddinov qöyib berdi va masjid quriş, uni obod maskanga aylantirişning qançalik uluğ savob iş ekanligini taʼkidladi.
Tadbirda iştirok etgan tuman boş imom-xatibi Abdurahman Matsafoyev va boşqalar yangi masjid binosining barça möʼmin-musulmonlarga hidoyat tarqatuvçi, yoşlar maʼrifatining yuksalişiga hissa qöşadigan qutluğ dargoh bölişini taʼkidladilar va masjid qurilişida işlayotgan, qurilişga beminnat moddiy yordam berayotgan insonlarga ulkan minnatdorçilik bildirişdi.
Masjid binosi qurilişiga ilk ğişt qöyiş marosimida tumanimiz ulamolari, mahalla faollari, nuroniy otaxonlar va keng jamoatçilik vakillari iştirok etdilar.
Tadbirda çoyköllik nuroniylar ham sözga çiqib, masjid binosi qayta qurilişi möʼmin-musulmonlarning ibodat qilişlariga qulay şaroit yaratişi va maʼrifat maskaniga aylanişiga zamin bölişini taʼkidladilar, buningdek savobli işga fatvo bergan mutasaddi taşkilotlarga minnatdorçilik bildirdilar.
Mustaqillik tufayli yurtimizda muqaddas islom dinimizga emin-erkin eʼtiqod qiliş, jomʼe masjidlari quriş va ularda jamoat bölib namoz öqiş uçun keng imkoniyatlar yaratildi. Fuqarolarning boşqa huquq-erkinliklari qatori vijdon va eʼtiqod erkinligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilgani bugun hududlarda yangi-yangi masjidlar binolari bunyod etilayotganida ham yaqqol namoyon bölayotir.
Çoyköl ovulida yangi meʼmoriy uslubda, milliy andozalarga mos qurilayotgan masjid binosi ham zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi xalqimizning diniy savodxonligini oşirişga, namoz ibodatlarini qulay şaroitlarda ado etişiga xizmat qiladi.
Tadbir söngida barça iştirokçilar qurilayotgan masjidning yurtimiz musulmonlariga xayrli bölişini, yurtimizga tinçlik-osoyiştalik tilab duolar qildilar.
Oygul Rajabova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶