Jamiyat
👁 1,364
HAR KUNI HAShAR
Hashar – xalqimizning asrlar davomida shakllanib, qadr topgan maʼnaviy yodgorligi. Shu bois, el katxudolari: "hasharga!” – dedimi, bas, xalqimiz bu bobomeros udumni bayramga aylantirib yuborishadi.
"Arna boʻyi” MFY raisi B.Haydarov mahalla hududidagi koʻcha boshchilari, maktablarning direktorlari va mahalla imomlariga mahalla hududini obodonlashtirish borasida oʻz fikrlari va MFY maʼmuriyati tomonidan ishlab chiqilgan rejalar haqida gapirganida mart oyining ilk kunlari edi. Bir oydan oʻtdiki, MFY aholisi, mahalla imomlari, koʻcha boshchilari va maktab oʻquvchilari har kuni hasharda. Ularning tashabbus va intilishlari bois MFY hududida keng qamrovli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Mahalla hududidagi maktablar atrofi, koʻcha boʻylari, yoʻl chekkalariga 31 ming 277 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi. Hozirgi kunda bu nihollarning barchasi kurtak yozishni boshladi. 27-sonli umumtaʼlim maktabining bitiruvchi sinf oʻquvchilari esa "Bitiruvchilar bogʻi”ni bunyod etish tashabbusi bilan chiqishdi. Oʻqishdan boʻsh paytlarida va dam olish kunlarida bitiruvchi sinf oʻquvchilari boʻlgʻusi bogʻda oʻtqazilgan daraxt va gul koʻchatlarini parvarishlash, yerlarni shudgorlash ishlari bilan mashgʻul boʻlishadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶