NOQONUNIY FAOLIYaTGA ÇEK QÖYILDI
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş Departamentining Qoraqalpoğiston respublikasi Amudaryo tuman bölimi xodimlari tomonidan tumanimizda noqonuniy faoliyat yuritib, sifatsiz mahsulotlarni işlab çiqarib isteʼmolçilarga sotilişining oldini oliş maqsadida qator tadbirlar ötkazilmoqda. Xususan 2012 yilda ötkazilgan ana şunday tezkor tadbirlar natijasida 14 ta yaşirin tsexlar aniqlanib, faoliyatiga çek qöyilgan edi. Bu holatlar böyiça 8 ta jinoyat işi va 6 ta maʼmuriy iş qözğatildi. 8 ta jinoyat işidan 7 tasida qölbolajuvozlarda paxta çigitidan yoğ va kunjara, 1 tasida spirtli içimliklar işlab çiqariş bilan şuğullanişgan. Aniqlangan 6 holatdagi maʼmuriy huquqbuzarliklarning 5 tasida noqonuniy ravişda paxta tolasidan çigitni ajratib oluvçi qölbola tsex faoliyati va 1 tasi spirtli içimliklar işlab çiqariş bilan boğliq.
Huquqbuzarlardan 12844412000 sömlik tovar moddiy boyliklar, xom aşyolar noqonuniy faoliyat yuritgani uçun dalil sifatida olib qöyildi.
Joriy yilning birinçi çoragida esa 4 ta ana şunday noqonuniy faoliyat yurituvçi "tadbirkorlar” qölga olindi. Ulardan 38081000 sömlik tovar moddiy boyliklar aşyoviy dalil tariqasida olib qöyildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶