15-aprel – Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni
MILLIY MADANIYaTIMIZ VA SANʼATIMIZNI YaNADA BOYITIB, XALQIMIZGA XIZMAT QILAMIZ
Insoniyat hayotida alohida örin tutib kelayotgan madaniyat va sanʼatning millat taraqqiyoti, rivoji yölidagi hissasi beqiyos. Azal-azaldan sanʼat va madaniyat butun xalq, qolaversa, yoş avlod qalbida milliy va umumbaşariy qadriyatlarga hurmat, yurtga muhabbat va sadoqat tuyğularini mustahkamlaşda öziga xos taʼsir kuçiga ega bölib kelgan.
Aytiş joizki, mamlakatimizda sönggi yillarda mazkur sohani rivojlanişning yangi bosqiçiga kötariş yuzasidan hukumatimiz tomonidan tub özgarişlar, islohotlar olib borilmoqda. Davlatimiz rahbari rahnamoligidagi madaniyat va sanʼatga bölgan ulkan eʼtibor, sohadagi ijobiy burilişlardan ruhlangan tuman Madaniyat bölimi va hududlardagi Markazlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar madaniy bayram tadbirlarining çuqur ğoyaviy mazmun bilan boyitilişini taʼminlab, xizmat körsatib kelmoqda.
Soha xodimlari aholining milliy madaniyatini rivojlantiriş, keng jamoatçilik orasida milliy qadriyatlarimizni tiklaş, ularni asrab-avaylaş va rivojlantiriş, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimizni, tarixiy-madaniy merosimizni yuksaltirişga munosib hissa qöşişmoqda. Şu qatori yoşlarning isteʼdodlarini yuzaga çiqariş, har tomonlama qöllab-quvvatlaş, kitobxonlarga namunali kutubxona xizmati körsatiş, tarbiyaviy ahamiyatga ega işlarni taşkil etiş, madaniyatimizni dunyoga tanitiş maqsadida köpgina ijobiy işlarni amalga oşirişmoqda.
Amudaryo tuman Madaniyat bölimiga qaraşli 7 ta madaniyat markazi, 3 ta aşula va raqs, folklor, tsirk sanʼati yönalişidagi xalq jamoalari mavjud. Undan taşqari, 2 ta Bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 1 ta maxsus közi ojizlar kutubxonasi, Manğit madaniyat va istirohat boği ham tumanimiz ahlining madaniy-maʼnaviy kamolotiga hissa qöşib kelmoqda. Ayni paytda “Qöşayev Raim” xususiy korxonasiga qaraşli istirohat boğida mavjud attraktsionlar qatoriga yangi zamonaviy öyin qurilmalari imtiyoz böyiça keltirilib, 6 ta yangi attraktsion işga tuşirildi. Şuningdek, 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida 11 ta yönaliş böyiça 258 nafar bolalar, 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida 9 ta yönaliş böyiça 267 nafar bolalar tahsil olib, musiqa va sanʼat sirlarini örganişmoqda.
Madaniyat markazlarida 20 dan ortiq havaskorlik tögaragi faoliyati yölga qöyilgan bölib, 250 nafardan ziyod öquvçilar bor. Yoş avlodni madaniyat va sanʼatga keng jalb etiş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş maqsadida qöşimça taşkil qilingan maqom, nazm va nasr, tsirk, ovoz yoziş, raqs, biçiş-tikiş, badiiy öqiş, baxşiçilik, estrada, masxaraboz sanʼati kabi 20 ga yaqin tögaraklarda ham 250 nafardan ziyod yoşlar sanʼat sirlarini örganişmoqda.
Tumanimizda tinçlik va mustaqillik uçun qurbon bölgan qahramonlarni yod etiş maqsadida “Xotira va Qadrlaş maydoni”, maʼnaviyat dargohi, jonli tariximiz közgusi bölgan muzey taşkil qilingani soha xodimlari faoliyatidagi samaradorlikni yanada oşirişda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Endilikda muzey faoliyatini kengaytiriş, rivojlantirişga, aholi eʼtiborini jalb etişga imkon boriça harakat qilamiz. Şu bilan birga muzeydagi tarixiy yodgorliklar, maʼnaviy-maʼrifiy xazinalarni kelajak avlodga yetkaziş uçun köz qoraçiğidek asraymiz, ulardan oqilona foydalangan holda, yillar davomida imkon qadar boyitib boramiz.
Biz Madaniyat bölimi mehnat jamoasi milliy madaniyatimiz va sanʼatimizni yanada boyitib, yoş avlod ongiga singdirişga, bayram va boşqa muhim sanalarda xalqqa xizmat qilib, kötarinkilik bağişlaşga, yuksak natijalar, yuqori körsatkiçlarga erişişga harakat qilamiz.
Şuhrat Yusupov, tuman Madaniyat bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶