KUZGI BUĞDOY SIFATLI PARVARIŞLANMOQDA
Kuzgi buğdoydan möl hosil olinişi kuz, qiş, bahor mavsumida barça agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida sifatli ötkazişga boğliq.
Suğoriladigan yer şaroitida kuzgi buğdoy parvarişi buğdoy uruği ekilganidan boşlanadi. Yaʼni uruğ bir tekis unib çiqişiga namlik yetarli bölişi uçun suğoriladi.
Maqbul muddatlarda ekilgan ğalla maydonlaridan bir tekis nihol olinganda nihollarning kuzgi rivojlanişi taʼminlansa, qişdan yaxşi çiqadi. Çunki ğalla nihollari unib çiqqaç, 20-25 kun içida tuplaniş fazasi boşlanadi. Agar uşbu muddat biroz keçiksa, har gektariga 5 tonnadan çirigan göng sepiş eng samarali usuldir. Ğalla niholining hosildor bölib yetilişida mahalliy öğitning ahamiyati katta.
Ğalla maydonlarini har bir oziqlantirişdan söng, suğoriş işlarini amalga oşiriş, bunda şarbat usulidan foydalaniş juda yaxşi samara beradi. Har 5 gektar ğalla maydoniga 1 dona şarbat öralar qaziş, hamda gektariga 5 tonnadan mahalliy öğit jamğariş kutilganiday hosil yetiştirişga asos böladi.
Tumanimizda ham 2021-yil hosili uçun ekilgan ğalla maydonlarida bu muhim işga ulkan eʼtibor berilayotir. Jami ğalla ekilgan 3800 gektar maydonlarda tekis nihol olişga erişildi va kuzgi-qişni parvarişlaş işlari qizğin bormoqda. Şu kungaça rejadagi 905 dona xandaq qazilib, kuzgi suğoriş işlari şarbat usulida olib borildi. Kuniga 458 tonnadan ziyod mahalliy öğit buğdoy dalalari boşiga jamğarilmoqda. Jamğarilgan öğitlar esa peşma-peş buğdoyzorlarga sepilayapti.
Bu işlarga tumanimizdagi mavjud muqobil maşina traktor parklari texnikalari fermer xöjaliklarining texnikalari jalb etilayapti. Şu boisdan ham kuniga mahalliy öğit jamğariş rejasining ikki yarim foizidan ortiği ado etilayotir.
Tumanimizning Holimbeg, Qipçoq ovullarida ham buğdoy parvarişi, ayniqsa dalalarga möl hosil garovi hisoblanmiş mahalliy öğit jamğariş va sepiş işlari qizğin olib borilmoqda.
Maʼlumki mamlakatimiz qişloq xöjaligida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Xususan, ğalla yetiştirişda davlat buyurtmasidan voz keçilib, narx belgilaş erkinlaştirildi. Bundan közlangan asosiy maqsad – mahsulot yetiştiriş hajmini keskin oşiriş, dehqonning manfaatdorligini taʼminlaşdir.
Bugungi kunda koronavirus pandemiyasi insonlar hayotiga xavf soliş bilan birga butun dunyoni iqtisodiy inqirozga ham olib kelayotgani tobora ravşan bölib bormoqda.
Ana şunday vaziyatda ğallaçilikdan yuqori hosil olişga erişiş – mamlakatimiz aholisini xavfsiz don mahsulotlari bilan taʼminlaşni yaxşilaşning garovi bölib xizmat qiladi. Respublikamizda bölgani kabi tumanimizda ham buning uçun ayni kunlarda barça çora-tadbirlar amalga oşirilayapti.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶