ELEKTR ENERGIYaSI UÇUN TÖLOVLAR onlayn tizimida amalga oşiriladi
Keyingi yillarda elektr energiyasi isteʼmoli tobora ortib bormoqda. Bu holat aholi farovonligining oşayotgani, turmuş darajasining yaxşilanayotgani bilan izohlanadi. Masalan, ilgari xonadonlarimizda bitta televizor va sanoqli maişiy elektr buyumlari işlatilgan bölsa, bugun bunday vositalar soni ança köpaydi.
Taraqqiyotning bu kabi şiddat bilan keçayotgani soha oldiga qator masalalarni qöymoqda. Albatta, isteʼmolçilarga yetarli miqdorda va sifatli tovar yetkazib berişning eng dastlabki şarti – tölov intizomini mustahkamlaş hamda işonçli va qulay tölov vositalarini joriy qilişdir. Şuning uçun barça sohalar qatori elektr energetikasi sohasiga ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal surʼatlarda joriy qilinmoqda.
"Elektr energetikasi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi "Elektr va issiqlik energiyasidan foydalaniş qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori talablari asosida "Elektr hisob” dasturiy taʼminoti işlab çiqilgan edi.
Dasturning yaratilişi yetkazib berilgan elektr energiyasi uçun tölovlarni öz vaqtida va samarali yiğiş, inson omilining hisob-kitobga va tölovlarning haqqoniyligiga salbiy taʼsirini kamaytiriş imkonini berdi.
Endilikda har bir yuridik va maişiy isteʼmolçi kompaniyaning asosiy portali orqali şaxsiy kabinetga kiriş va undan foydalaniş imkoniyatiga ega. Şaxsiy kabinetda hisobdagi joriy balansni köriş, kelib tuşgan tölov, hisoblagiçdan olingan körsatkiçlar, hisob-kitob tarixi va uning joriy holati töğrisidagi maʼlumotlar mavjud böladi.
Eng muhimi, dasturiy taʼminot yaratilganidan keyin foydalanilgan elektr energiyasi uçun tölovlarni avtomatlaştirilgan tölov tizimining mukammallaştirilgan turlari orqali amalga oşiriş imkoniyati yuzaga keldi.
Avtomatlaştirilgan tölov tizimining afzalligi şundaki, elektr taʼminot korxonasining tölov qabul qiliş bölimiga borib navbatda turiş şart emas va amalga oşirilgan tölov bir neça soniyalarda Sizning şaxsiy hisobingizga tuşadi. Masalan, özingizga yaqin bölgan PAYNET şoxobçasi orqali elektr energiyasi tölovlarini real vaqt rejimida, 500 sömdan to 100 000 sömgaça kunning istalgan paytida amalga oşirişingiz mumkin. Buning uçun PAYNET punktlaridan biriga kelib, şaxsiy hisob raqamini hamda tölanadigan pul miqdorini aytiş kifoya.
Elektr energiyasini hisobga oliş, nazorat qiliş va tölovlarni qabul qilişning avtomatlaştirilgan tizimi yölga qöyilişi isteʼmolçilarga qulaylik yaratişi bilan birga özaro hisob-kitoblarda aniqlikni taʼminlaşga ham xizmat qilmoqda.
Muhammadjon BEKÇANOV,
«Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» OAJ
Amudaryo tuman elektr taʼminoti korxonasi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶