12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 21:57
Adabiyot 👁 410

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Bayram muborak!

 

Orqada qoldirib,

taşviş-ğamlarin.

Yigirmançi yilning

oğir damlarin.

Lahzasi tuğdirib,

yangidan umid.

Yangi davr kelmoqda –

ozoda muhit.

Hammamizga yaxşi

hayotdan darak:

Yangi yil kelmoqda –

bayram muborak!

 

Derlar, odam boşi

qattiqdir toşdan,

Oğir sinovlarni

ötkazdik boşdan.

Barisi orqada

qolgani bölsin,

Barça mahzun dillar

şodlikka tölsin.

Endi heç muammo

qilmasin halak,

Yangi yil kelmoqda –

bayram muborak!

 

Katta hurmatda-yu,

kiçik izzatda

Bölgan har bir yerda

porloq kelajak.

Oğzibirlik bölgan

har bir millatda,

Ne oliy maqsad bor –

bari bölajak.

Bizda ham niyatlar

bari muştarak.

Yangi yil kelmoqda –

bayram muborak!

 

Yangi yutuqlarning

garovi bölib,

Xorazmdan kelar

bizga temir yöl.

Qança rejalarga

bu katta imkon,

Zafarlar bizniki,

qölga bersak qöl.

Qoraözak bilan

boğlanib Şovot,

Orada qança yer

bölğusi obod.

Aql yöl boşlasin,

qöllasin yurak.

Yangi yil kelmoqda –

bayram muborak!

 

Qança yigit-qizni

jahon tanidi,

Yoşlikning qudrati

bölib namoyon.

Sportga yor bölib,

obrö qozonsa,

Har bir eldoşimiz

hurmatga şoyon.

Zakovat zör bölsin,

tolmasin bilak.

Yangi yil kelmoqda –

bayram muborak!

 

Yangi yil bayrami

oilaga xos,

Har bir oilada

baxt hukm sursin.

Yoşlar ahil bölib,

qöşa qartaysin,

Keksalar yuz yoşning

yuzini körsin.

Iqbol boşlarida

bölsin çambarak.

Yangi yil kelmoqda –

bayram muborak!

Ahmad Nafasov.

 

Yangi yil kelmoqda

 

Azaldan aylangan yurtim faxriga -

Markaziy viloyat, Toşkent şahriga.

Pisanda qilmayin qişning qahriga,

Yangi yil kelmoqda, Özbekistonga,

Jondan aziz bölgan nurli böstonga.

 

Naqşbandiy yurti Buxoro – azim,

Buyuklar maskani – maşʼal Xorazm.

Har bir xonadonda qilib töy-bazm,

Yangi yil kelmoqda, Özbekistonga,

Jondan aziz bölgan nurli böstonga.

 

Samarqandning maşhur zör şirmoy noni,

Navoiy - boylikning tuganmas koni.

Bayramlar sardori, şohi, sultoni –

Yangi yil kelmoqda, Özbekistonga,

Jondan aziz bölgan nurli böstonga.

 

Andijon bir taraf, Çimyon  toğlari,

Farğoniyning faxri anor boğlari.

Barça şod-u xandon bayram çoğlari,

Yangi yil kelmoqda, Özbekistonga,

Jondan aziz bölgan nurli böstonga.

 

Namangan olmasi mevalar xoni,

Sirdaryo beradi halol luqmani.

Bayramga muntazir har bir oşyoni,

Yangi yil kelmoqda, Özbekistonga,

Jondan aziz bölgan nurli böstonga.

 

Qoraqalpoğiston - Manğit, Qönğirot,

Surxondaryo, Boysun toğlariga boq,

Qora uy – ötovi bayramga muştoq,

Yangi yil kelmoqda, Özbekistonga,

Jondan aziz bölgan nurli böstonga.

 

Qaşqadaryo, Jizzax qilsa zör niyat,

Barçaga bağişlar yaxşi kayfiyat.

Taraddud körmoqda butun jamiyat,

Yangi yil kelmoqda, Özbekistonga,

Jondan aziz bölgan nurli böstonga.

 

Gözal Özbekiston mardlar diyori,

Könglida sof imon, qölda şiori.

Tinç yurtga yaraşar töy, bayram – bari,

Yangi yil kelmoqda, Özbekistonga,

Jondan aziz bölgan nurli böstonga.

 

Şomurod XÖJANOV, Dörman ovuli.

 

Ezgu istaklarim

Quvonaman, şunday yurtda tuğildim,

Hamda aziz farzand bölib sevildim.

Onam, deya quçoğimni keng oçib,

Erkalanib, erkalanib ulğaydim.

 

Özbekiston tuproğiday tuproq yöq,

Baxtiyor el bolasiday urpoq yöq.

Neça millat ahil yaşar bağrida,

Bugunidan, ertasidan köngli töq.

 

Ilhom berar menga tong, saharlari,

Tört fasl – kuz, qiş, yoz-u bahorlari.

Kuylab ötay, xalqim, deya yurakdan,

Boğ-u çaman, toğ-u toş, sahrolarin.

 

Kim toş otsa, bölay metin qalqoning,

Omon bölsin tinçlik, döstlik qörğoning,

Dovullarga köksim tutgum mardona,

Beşiklarga tölsin Vatan, ayvoning.

 

Yangi yilda tilaklarim köp juda,

Xalq yaşagay, ilohim tinç, osuda.

Juldiz aytar: Xavf-u xatar daf bölsin,

Tojvirusning nomi öçsin dunyoda!

 

Armonim bor: elim suygan qiz bölsam,

Özbekiston! Köksingda yulduz bölsam.

Şoirlaring davrasida örni bor,

Senga qudrat, mustahkam ildiz bölsam...

Juldiz SULTONOVA, Kuyuk köpir ovuli.

(Qozoq tilidan Robiya Yöldoşeva tarjimasi).

 

KELAYoTIR YaNGI YIL

 

Qadam bosib kelayotir Yangi yil,

Öz yoniga imlayotir, Yangi yil.

 

Ötib ketdi bir yilçalik umring, deb,

Izoh berib tergayotir, Yangi yil.

 

Eski yilda bitmay qolgan işlarni,

Zimmasiga olayotir, Yangi yil.

 

Orzu-istak rişta kabi birlaşib,

Yuksaklikka undayotir, Yangi yil.

 

Dilga berib dalda hamda qudratni,

Kel-kel, deya çorlayotir, Yangi yil.

 

Xudoybergan JUMAMURODOV.

 

Ezgu tilaklar

Seni tark etsa gar, baxt ila omad,

Döstlaring çiqişsa betayin, nomard.

Senga çoh qazsa-da, özingni mard bil,

Hammasi oldinda, faqat sabr qil.

 

Qöllaring uzatsang, yetmasa bugun,

Yöllaring kutganlar, kutmasa bugun.

Dard-u ğam qalbingni qoplasa butkul,

Sabr qil, oldingda – eng baxtiyor kun.

 

Alamdan qalqisa közlaringda yoş,

Qaylarga uraring bilmaganda boş.

Yölingda bölmasa tayin bir yöldoş,

Bugunning ertasi bordir, sabr qil.

 

Ğanimlar fikriça oddiy bir “xas”san,

Şunçaki öylaşar, “nomardsan, pastsan”...

Bularning barçasi tuhmat toşi, bil,

Hammasi oldinda, faqat sabr qil!

 

Sabr qilgan yetar, albat, murodga,

Heç kuning qolmagay torfeʼl, nomardga.

Yangi yilga yetding, ming bor şukur qil,

Ey imon farzandi, sabr... sabr qil!

 

Şahlo Yangiboyeva, 40-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi.

 

Qorboboga xat

– Tuhmat yomon, deydilar dadam,

Tuhmatçidan yiroq böl har dam.

Ular seni sindirmoq bölar,

Hayotingni tindirmoq bölar.

 

Dadam haqlar, deyman içimda,

Baxillar köp dunyo içinda.

Tilagim bor, aziz Qorbobo,

Yangi yilda pok bölsin Dunyo.

 

Tuhmat, ğaraz, ğiybat yöqolsin,

Yer yuzida Ezgulik qolsin.

Şunda olam gözal böladi,

Dunyo zarrin nurga töladi.

Xursand RAJABBOYeV, 16-sonli maktab öquvçisi.

 

Yangi yilni olqişlab...

Yana hamroh sirli tuyğular,

Dil rozini izhor etar on.

Zamin uzra soçib orzular,

Yangi yil ham kelayotir, tong.

 

Çehralarda kulgu raqqosa,

Baxt mayidan odamlar majnun.

Qor gulini ulaşgan lahza,

Yangi yilni olqişlar bugun.

 

Maftun bölib termular osmon,

Bu kun köproq sevar insonni.

Bir tilakni kuylaydi zamin,

Yurak aytar tinçlik ismini.

 

Yangi yilning sahifasiga,

Muhabbatni yozib yaşaymiz.

Muqaddas işq sohibasiga,

Ezgu qadam va nur tilaymiz.

 

Xotiraga aylangan yillar,

Men xursandman, aytgum taşakkur.

Muhabbatga oşufta dillar,

Qarşingizda turibman, şukur.

 

Şahzod Anvar, QDU talabasi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026