BAHOLOVÇILARGA VA RIELTORLARGA YaNA BIR QULAYLIK
Bugun mamlakatimiz aholisining turmuş sifati va darajasi oşib borayotgani, xususiy sektor vakillari safi tobora kengayib, iqtisodiy salohiyati ortayotgani köçmas mulk bozori jadal surʼatda rivojlanişida muhim omil bölmoqda. Ijtimoiy inşoot hamda obʼektlarni davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştiriş, yangi uy-joylar barpo etiş işlari samarasida köçmas mulk bozorida talab hamda taklif mutanosibligi taʼminlanayapti.
Qonunga köra, rieltorlik faoliyatini yuridik va jismoniy şaxslar amalga oşirişi mumkin. Bunda jismoniy şaxs bölgan rieltorga köçmas mulk bozorida faqat axborot va maslahat xizmatlari körsatiş huquqi beriladi. Rieltorlik taşkiloti esa ariza beriş orqali köçmas mulk obʼekti va unga bölgan huquqlarga doir bitimlarni tuziş çoğida vositaçilik qiliş, köçmas mulk obʼektlari hamda ularga bölgan huquqlarning savdosini taşkil etiş, köçmas mulk obʼektlarini işonçli boşqariş, köçmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari kabi bir yoki bir neça turdagi xizmatlarni körsatmoqda.
Albatta, rieltorlik faoliyatini yuritiş uçun ixtisoslaştirilgan öquv markazlari tomonidan beriladigan malaka sertifikatiga ega böliş lozim. Talabgor malaka sertifikatini oliş böyiça imtihonni muvafaqqiyatli topşirsa, imtihon ötkazilgandan söng, ikki kun muddatda QR-kod qöyilgan malaka sertifikatini Davlat xizmatlari markazlari yoki Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olişi mumkin.
Oybek Ahmedov, tuman Davlat xizmatlari markazi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶