Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashev Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari bilan uchrashdi
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan hududlarning investitsiya va eksport salohiyatini oshirish, yangi eksport bozorlarini topish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Oʻzbekistonning xorijdagi elchilari Respublikaning shahar va tumanlariga biriktirilgan edi.
Bu boradagi ishlarni yanada jonlantirish maqsadida joriy yilning 21-26-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar delegatsiyasi Favqulodda va muxtor elchilar boshchiligida Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻladi.
Bugun – 21-dekabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida “Qoraqalpogʻiston Respublikasining investitsion va eksport salohiyati” nomli koʻrgazma tashkil qilindi.
Koʻrgazma doirasida Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashev Oʻzbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Saidov, Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Otabek Akbarov, Singapurdagi Favqulodda va muxtor elchisi Qahramon Shokirovlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvlarda elchilarga Amudaryo tumanining investitsion va eksport salohiyati, tuman tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlar hamda tumanning investitsiyaviy jozibadorligi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Yaqin kunlarda Oʻzbekistonning bir necha xorijiy davlatlardagi elchilarining Amudaryo tumaniga tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashrif davomida elchilarning tumandagi yirik sanoat korxonalari, eksport bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlarning ishlab chiqarish obʼektlariga tashrifi koʻzda tutilgan.
Gʻ.Yeshniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶