Muhammad Yusuf xotirasiga
Şum xabardan torayganday böldi olam,
Römolining uçin tişlab yiğlar onam.
«Ellikka ham kirmabdi-ya şörlik bolam...
Bunday şoir ming yilda bir böladi...»
"Aqça köl”da söng nafasin yutgan onlar.
Yiğlab qoldi Ozoda-yu Zebijonlar.
Uluğbek ham yana bir bor yutdi qonlar:
«Yöq şoir ölmaydi. Şoir ölmadi!»
Kişnab qoldi oq tulporlar ğamli, ana:
«Jayronlarga oğa şoir - şu bölgan-a?»
«Dovruği ham dardi sendek kim bor yana?»
Yöq. Şoir ölmaydi. Şoir ölmadi!
«Qizlarimga binafşadan tayyorlab sep,
Qizğaldoqlar borar joyga körindim, - deb,
Köklamoyim, kökingdan ber çimdim!,» - deb
Keladi bahorda, şoir keladi!
Şeʼr öqib, şeʼr uqsa biron yigit-qiz.
Bironta yoş qalbda işq yonsa, hargiz,
Bayramga şaylaning, motam qilmangiz -
Jannatdan Muhammad Yusuf keladi!
Tursunboy Abdullayev.
Şoir ölmaydi
M.Yusuf xotirasiga
Elim deca şoir ölmaydi,
El unutsa şoir bölmaydi.
Qaşşoq bölar şoirsiz dunyo,
Tökis elda şoir ölmaydi...
Unutilar hasad, adovat,
Gina, kekdan asar qolmaydi.
Mudramasa odamlar faqat,
Köngli uyğoq şoir ölmaydi.
Tikanda yaşab, gulga sayrab,
Bulbul noçor özin saqlaydi.
Söz tirilsa, zamonga qarab,
Maddohlik şoirni oqlaydi.
Haq quvginda, adolat mazlum,
Köhna çarx jodugar qölida.
Sözni unutganda el mahkum,
Şoir fidodir söz yölida...
Afsunlar ming xil nağma, ohang,
Dunyo ming bir kuyga öynaydi.
Sonsiz buyuklar ötdi, qarang,
Ölmagunça haykal qöymaydi.
Dunyoga bir söz aytgan Ölmas,
Nafsni boğlab ijod qilolsa.
Ilohiy mujda kelgan ölmas,
Asranib dunyoga siğolsa...
Elim desa şoir ölmaydi,
El unutsa şoir bölmaydi.
Qaşşoq bölar şoirsiz dunyo,
Tökis elda şoir ölmaydi...
Ölmasbek XÖJAYeV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶