LEYŞMANIOZ KASALLIGI HAQIDA BILASIZMI?
Leyşmanioz – odamlarda va hayvonlarda uçraydigan transmissiv protozoy kasallik bölib, uni iskabtopar çivinlar çaqiş yöli bilan yuqtiradilar. Insonda isitmalaş, içki aʼzolar yoki teri töqimalarining şikastlanişi bilan namoyon böladi.
Kasallik ikki turga bölinadi.
1. Vestseral leyşmanioz közğatuvçilari jigar, taloq, limfa tugunlarida rivojlanib, asta-sekin odam organizmining zaharlanişiga olib keladi.
Vestseral leyşmanioz kasalligi bilan esa asosan 1 yoşdan 5 yoşgaça bölgan bolalar kasallanadi. Kasallik manbai asosan itlar, böri, tulki va boşqalar bölişi mumkin. Vestseral leyşmanioz kasalligida tösatdan tana harorati 39-40°S kötarilişi bilan boşlanib, surinkali keçadi Ayrim hollarda kasallik asta-sekinlik bilan boşlanib, umumiy holsizlik, terining rangsizlanişi, toşmalarning paydo bölişi bilan xarakterlanadi. Kasallikning birinçi alomatlari boşlanganda zudlik bilan şifokorga murojaat qiliş kerak. Çunki kasallikning natijasi öz vaqtida töğri ötkazilgan davolaşga boğliq.
2. Teri leyşmanioz terida çivin çaqqandan keyin inson tanasidagi inkubatsion davr asosan 1-4 haftagaça baʼzan 1,5-2 oygaça davom etadi va yara paydo bölib, kiçişiş bilan boşlanib, terida bir umrlik çandiq qolişiga sabab böladi. Teri leyşmanioz kasalligi bilan barça yoşdagilar kasallanişi mumkin. Kasallikdan söng, mustahkam immunitet paydo bölib, bir umrga saqlanadi. Juda kam holatda kaytalanişi mumkin. Kasallik asosan yozning oxiri kuz oylarida qayd etiladi. Agar xonadon ozoda, sarişta saqlansa, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinsa, çivinlar köpayişiga yöl qöyilmasa, bu kasallik xavf solmaydi.
Nasiba MADIYaROVA, tuman SEOJSB vraç-entomologi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶