13-dekabr – Qişloq xöjaligi xodimlari kuni: QIŞLOQ XÖJALIGI MAHSULOTLARI YeTIŞTIRIŞ HAJMI OŞMOQDA
Tumanimizda Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020-2030-yillarga möljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar dasturinining ijrosini taʼminlaş, paxta xom-aşyosi, ğalla va boşqa qişloq xöjalik mahsulotlari yetiştirişda bozor mexanizmlarini joriy etiş, oziq-ovqat tarmoğini rivojlantiriş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, 2020-yil hosili uçun 362 ta fermer xöjaliklari hamda qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan 15250 gektar maydonda 34900 tonna paxta yetiştiriş böyiça MÇJ şaklidagi “Amudaryo tex” xorijiy korxonasining paxta-töqimaçilik klasteri örtasida şartnomalar tuzilib, bu boradagi reja 102,7 foizga bajarildi.
Ğallaçilik sohasida ham yuqori natijalarga erişildi. Davlatga 8845 tonnadan ziyod “qirmizi don” yetkazib berildi. Bu boradagi reja 121 foizga yetkazildi. Şu bilan birga ğallaçilik sohasida 2021-yil hosili uçun puxta zamin yaratilib, 3800 gektar maydonga kuzgi buğdoy ekildi. Ayni paytda ğalla yetiştirişga masʼul xöjalik va korxonalar tomonidan salkam 19 ming tonna mahalliy öğit jamğarib qöyildi. Şuningdek, ğalla ekilgan maydonlarda kuzgi-qişgi suğoriş, oziqlantiriş kabi agrotexnik tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi. Natijada kuzgi buğdoy ekilgan barça maydonlarda kuzgi-qişgi işlar sifatli amalga oşirildi, ğalla maydonlarining har gektariga 4 tadan, 905 ta xandaq qazilib, bu boradagi reja 100 foiz uddalandi.
Tumanda 2021-yil hosili uçun kuzgi şudgorlaş işlari samarali taşkil etildi. 13 ming gektar maydonda kuzgi şudgorlaş işlari bajarildi. Şudgorlaş işlarida 81 ta surim texnikalari yuqori unum bilan işlatilib, belgilangan jadval asosida kuzgi şudgorlaş jarayoni sifatli amalga oşirilmoqda.
Tumanimiz qişloq xöjaligining yetakçi tarmoqlaridan biri – çorvaçilik sohasida 2020-yilda yuqori natijalarga erişildi.
Joriy yilning 1-dekabr holatiga tumanda 156 ming 400 boş yirik şoxli qoramollar mavjud. Şuningdek, 104 ming 700 boş qöy-eçkilar, 659 ta ot zooveterinariya qoidalari asosida parvariş qilinmoqda. Parrandalar soni 1 mln. 32 ming 700 taga yetkazilib, göşt yetiştiriş 9 ming 900 tonnani taşkil etdi. Sut işlab çiqariş esa 34 ming 485 tonnaga yetkazildi.
Baliqçilik sohasi jadal rivojlanmoqda. Xususan, 2020-yilda jami 963 tonna baliq mahsuloti yetiştirildi. Bundan taşqari, 152 tonna yuqori sifatli asal yetiştirildi, 39 ming 465 dona tuxum xalqimiz dasturxoniga tortiq qilindi.
2021-yilda tumanimizda çorvaçilik sohasi böyiça bördoqçilik yönalişida “Soatov Otabek” agrofirmasi tomonidan qiymati 600 mln. sömlik hamda “Qurbonboyev Şohjahon” MÇJ tomonidan qiymati 550 mln. söm bölgan ikkita loyiha, sutçilik yönalişida yana 2 ta loyihani işga tuşiriş rejalaştirilgan.
Çorvaçilik sohasida qoramollar naslini yaxşilaş maqsadida 2020-yilda xorijdan 370 boş nasldor mollar olib kelindi. Bu yönalişda 7 ta loyiha amalga oşirilib, yana 2 ta loyiha yuzasidan tegişli tadbirlar işlab çiqilmoqda.
Baliqçilik yönalişi böyiça belgilangan 4 ta loyiha muvaffaqiyatli amalga oşirildi. Xususan, “Amu baraka fişing” MÇJ, “Töraboy-Gulçehra” MÇJ, “Yulduz ona Alirahmon-Muhammadjon” fermer xöjaligi, “Abdurasul Jayxun” oilaviy korxonalari tomonidan amalga oşirilgan mazkur loyihalar taşabbuskorlariga 26,6 gektar yer maydonlari baliqçilik tarmoği taşkil etiş uçun ajratib berilib, amaliy işlar boşlab yuborildi.
Amalga oşirilgan saʼy- harakatlar natijasida tumanda baliq mahsulotlari yetiştiriş salmoği oşib bormoqda.
Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş yuzasidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar natijasida sabzavot va poliz ekinlaridan ham yuqori hosil olindi. Xususan, joriy yilda 732,6 gektar maydonga ekilgan pomidor, bodring, piyoz va kartoşka mahsulotlari yetiştiriş rejasi oşirib ado etildi. 462 gektar maydonga ekilgan poliz mahsulotlari hosili ham kutilganidan ziyoda böldi.
Şuni alohida qayd etiş kerakki, “Manğit omad-savdo” MÇJ klasteri tasarrufidagi 317 gektar maydonda ekilgan barça ekinlardan rejadagi hosil yiğiştirib olindi. Klasterga biriktirilgan 55 ta qişloq xöjalik korxonalari tomonidan 2482 tonna hosil olinib, şundan 826 tonnasi eksportga yönaltirildi. Bu boradagi işlar 2021 yilda ham davom ettirilişi rejalaştirilgan. Yaʼni, qiymati 400 ming dollar bölgan 1 gektarlik zamonaviy issiqxona, qiymati 200 ming dollar bölgan 500 tonna siğimga ega muzlatgiçli omborxona hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta işlaş va quritişga möljallangan korxonalar faoliyatini yölga qöyiş rejalaştirilmoqda.
Amalga oşirilgan va rejalaştirilayotgan işlarning barçasi tumanimiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan ehtiyojini qondiriş, şu barobarida aholining soğlom ovqatlanişini taşkil etiş yuzasidan işlab çiqilgan davlat dasturi doirasidagi işlarni amalga oşirişga munosib hissa qöşişdir.
Fayzulla Saʼdullayev, tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶