15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 09:28
Siyosat 👁 263

“Yangi oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida targʻibot tadbirlari davom etmoqda

“Yangi oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida targʻibot tadbirlari davom etmoqda

Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatni har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy jihatdan rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimizga tashrif buyurgan targʻibot guruhi tomonidan barcha hududlarda madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi. Undan tashqari, tadbirlarni oʻtkazishdan yoshlarni adabiyot, sanʼat, sport, axborot texnologiyalariga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish boʻyicha ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni keng targʻib qilish kabilar ham koʻzlandi. Tuman aholisi tomonidan ushbu tadbirlarning barchasi katta qiziqish bilan qarshi olindi.

17-noyabr kuni adabiyot, sanʼat, taʼlim vakillaridan iborat targʻibot guruhi tomonidan tashkil etilgan tadbirlar chekka hududlardagi Qangli ovulida joylashgan 29-sonli maktabda, Nazarxon ovulidagi 3-sonli maktabda hamda Qipchoq shaharchasidagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida boʻlib oʻtdi. Targʻibotchilar, avvalo, maktablar hayoti bilan yaqindan tanishdilar, oʻquvchilarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun maktablarda yaratilgan shart-sharoitlarni katta qiziqish bilan oʻrgandilar. Boʻlib oʻtgan tadbirlarda maktablarning ijodkor, izlanuvchan oʻquvchilarining ijod namunalari, qoʻl mehnatlari mahsullari mehmonlar eʼtiboriga havola qilindi. Madaniy-maʼrifiy tadbirlarda kitob oʻqish, adabiyot va sanʼatning inson hayotidagi ahamiyati, sport bilan shugʻullanishning inson salomatligidagi oʻrni, axborot texnologiyalarining hayotimizga jadallik bilan kirib kelayotgani, ularni oʻrganish zamon talabi ekanligi, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlashga qaratilayotgan eʼtibor xususida soʻz yuritildi.

Taʼkidlanganidek, adabiyot va sanʼat  inson hayotini mazmunli qiladi, maʼnaviy jihatdan boyitadi. Ular insonning goʻzallikka boʻlgan ehtiyojlarini qondirishi barobarida, uning his-tuygʻularini uygʻotadi, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi, ezgulik sari yetaklaydi. Bu bilan insonning maʼnaviy oʻsishiga sharoit yaratadi, ijtimoiy va shaxsiy hayotida eng murakkab muammolarni hal etishga yordam beradi, har bir kishi hayotda oʻz oʻrnini topishiga ham koʻmaklashadi. Buning uchun, eng avvalo, adabiyot va sanʼatni tushunish, u bilan oshno boʻlish lozim. Tadbirlarda ijro etilgan adabiyot va sanʼat namunalari, nafis sheʼrlar, goʻzal kuy-qoʻshiqlar yurtdoshlarimizda koʻtarinki kayfiyat uygʻotdi.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar kunning ikkinchi yarmida Qum yop mahallasidagi 39-sonli maktabda, Besh tom mahallasidagi 24-sonli maktablarda davom ettirildi. Yuqori kayfiyatda oʻtkazilgan tadbirlarda yurtdoshlarimiz mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi. Targʻibot tadbirlarini tashkil qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlarga erishildi.

“Yangi oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” tadbiri koʻp sonli aholi qalbiga quvonch ulashdi. Targʻibot guruhi aʼzolari ham oʻz navbatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning saviyali, koʻtarinki ruhda oʻtishida amaliy yordam koʻrsatgan maktablar jamoalariga va boshqa tashkilotlar masʼullariga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026