XALQARO DZYuDO KUNIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Har yili 28-oktyabr - Butunjahon dzyudo kuni sifatida ulkan bayram qilinadi. Bu sportning uşbu turi asosçisi Dzi Goro Kano tuğilgan kun - 28-oktyabr sanasi ekanligi bilan boğliq.
Ötgan yili öziga xos sport bayrami – Xalqaro dzyudo kuni Xalqaro dzyudo federatsiyasiga aʼzo bölgan 5 qitʼaning 200 dan ziyod mamlakatlarida, şu jumladan, Özbekistonda ham “Köçat ek!” şiori ostida ötkazilgan edi.
Joriy yilgi bayram tantanalari esa koronavirus pandemiyasi va irqçilikka qarşi kuraşda “Birgalikda - kuçmiz” şiori ostida keng nişonlandi. Sana munosabati bilan tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabida ham tadbir bölib ötdi.
Tadbirga sport maktabining rahbarlari, dzyudo murabbiylari va şuğullanuvçilar iştirok etdilar.
Maʼlumot uçun: sport maktabda sportning mazkur turi bilan 6 nafar murabbiylar 148 nafar ösmirlarga mahorat sirlarini örgatib kelmoqdalar va köpgina yutuqlarga erişmoqdalar. Uşbu maskandan yetişib çiqqan Yevropa oçiq çempionati ğolibi Elyor Maşaripov, Osiyo çempionati sovrindori, qator xalqaro turnirlar ğolibi, olimpia öyinlariga lizenziyani qölga kiritgan Şarofaddin Boltaboyevlarning bugungi kunlarda munosib izdoşlari yetişib çiqmoqda.
Tadbirni BÖSM direktori Çorşam Tojimurodov oçdi va barçani Xalqaro dyuzdo kuni bilan qutlab, yurtimizda sportga, sportning uşbu turiga qaratilayotgan eʼtibor xususida gapirdi. Şuğullanuvçilarni imkoniyatlardan unumli foydalanib, ğalabalarga erişişga çorladi. Ğoliblikka erişayotgan yoş dzyudoçilarning murabbiylariga sovğalar topşirdi.

O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶