Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumida isteʼmolçilarni gaz bilan uzluksiz taʼminlaş böyiça qanday işlar amalga oşirildi?
Bugungi kunda turmuşimizni tabiiy gazsiz tasavvur qiliş qiyin. Yaşaş xonadonlarimizni isitişdan tortib, kun davomida ovqat, çoy tayyorlaşdagi ahamiyatini heç narsaga qiyoslab bölmaydi. Şu boisdan ham “Hududgaz Qoraqalpoğiston” filialining “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti bölimi tomonidan 2020-2021-yillar kuz-qiş mavsumida aholi xonadonlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan bir maromda va uzluksiz taʼminlaş uçun puxta tayyorgarliklar olib borildi. Korxona tomonidan Amudaryo tumani tumanimiz böyiça 13 ming 466 xonadon tabiiy gaz bilan taʼminlanib kelinmoqda.
Bugungi kunda foydalanişda 407 kilometr gaz tarmoqlari mavjud bölib, şuning 53 kilometri yuqori bosimli, 65 kilometri örta bosimli, 289 kilometri esa past bosimlidir. Mavjud quvurlarning 15,8 kilometr qismi yer ostida, 392 kilometri esa yer ustida joylaşgan. Jami foydalanişda 230 gaz taqsimoti punktlari bölib, şundan 26 ta gaz taqsimlaş punktlari yuqori bosimli, 204 tasi esa örta bosimli hisoblanadi.
Hozirgi kunda tumanimizdagi mavjud jami 39 ming 574 xonadonning 13 ming 466 tasi tabiiy, 26 ming 108 tasi esa suyultirilgan gaz bilan taʼminlanmoqda. 2020-2021 kuz-qiş mavsumida isteʼmolçilarni, 205 ta ulgurji isteʼmolçilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlaş maqsadida filialning “Avariya tiklaş” xizmati tun-u kun faoliyat yuritmoqda.
Tabiiy gaz taʼminotida uzilişlar bölmasligi uçun rejaga muvofiq jami 230 dona gaz taqsimlaş qurilmalarining barçasi taftiş qilindi. Gaz taqsimlaş qurilmalarini mukammal taʼmirlaş, gaz quvurlarini bosim ostida ziçlikka sinaş, yer osti gaz quvurlarining holatini pribor usuli bilan tekşiriş rejalari töliq va sifatli bajaraldi. Gaz quvurlarini böyaş işlari 178 foizga bajarildi.
Şuningdek, Manğit şahrining Gurlan köçasidagi örta bosimli 1,2 kilometr, Farovon va Olmazor mahallalari hududlaridagi yuqori bosimli 1,6 kilometr, Qipçoq köçasidagi örta bosimli 1,2 kilometr gaz tarmoqlari taʼmirlanib böyaldi. Şu kungaça 504 xonadonga yangi elektron gaz hisoblagiç örnatildi.
Tumanimizning tabiiy gaz yetmasligi tufayli suyultirilgan gazdan foydalanayotgan 12 ming 786 ta va tabiiy gaz tarmoği tortilmagan 13 ming 747 ta xonadonlariga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Buning uçun Xolimbeg servis markazi, Kuyuk köpir, Qipçoq, Oq oltin, Qangli, Bözyop, Dörman ovullaridagi şoxobçalar, filial markaziy omborxonasi aholini uzluksiz suyultirilgan gaz bilan taʼminlayotir.
Mazkur şoxobçalarga uzoq bölgan hududlar – Toşqalʼa, Yuqori qişloq, Beşovul, Xizr eli, Çoyköl, Jumurtov, Qoramon, Tölqin, Bosuv, Örta qalʼa, Arna böyi, Amir Temur nomli, Nazarxon kabi ovul va mahallalar aholisiga esa maxsus avtomaşinalarda suyultirilgan gaz ballonlari yetkazilmoqda.
Aholiga şu yilning 13-oktyabr holatiga 2 ming 775 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi. Joriy yil uçun belgilangan limit esa 3 ming 748 tonnadir. Hozirgi kunda aholiga jami ijaraga tarqatilayotgan 27 ming 53 dona maişiy gaz ballonlarining 595 tasi joriy yilda yangidan olinib, foydalanişga berilmoqda.
Amalga oşirilgan buningdek, keng kölamli işlar natijasida yaqinlaşib kelayotgan kuz-qiş mavsumida isteʼmolçilarga uzluksiz tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berilişi taʼminlanadi.
Oygul Rajabova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶