Oliy Majlis Qonunçilik Palatasi deputatlari ilğor terimçilarga sovğalar berdi
Amudaryolik dehqonlar yil-ön ikki oy daladagi maşaqqatli mehnatlari samarasida yetiştirgan hosilini qisqa kunlarda yiğib-terib olişga intilmoqdalar. Dala boşlarida terimçilarga barça şaroitlar yaratilib, issiq ovqat, çoy taşkil etilmoqda va terim pullari öz vaqtida berib borilayotir. Oppoq bölib oçilgan paxtalarni terişning ham öziga yaraşa zavqi bor. Ayniqsa, mehnatlari munosib rağbatlantirib borilsa.
12-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Zafar Abdirimov, Baxitboy Aldamurotov, Özbekiston Respublikasi kasaba uyuşmalari federatsiyasi vakili Abduvohid Yöldoşevlar Örta qalʼa ovulidagi “Kamolov Gulmirza” fermer xöjaligi paxta dalasida bölişib, ilğor terimçilar bilan suhbatlaşib, sovğalar topşirdilar.
Mazkur xöjalikning paxta dalalari 25 nafar pudratçilarga bölib berilgan. Hozirgi kunla ular kuniga 80-100 kilodan paxta terib topşirişmoqda.
Şuningdek, deputatlar Çoyköl ovulidagi “Ğulom Ali” fermer xöjaligi işçilari huzurida ham bölişib, kuniga 100 kilodan ziyod paxta terişga erişayotgan Gulasal Matnazarova, Mehribon Qiliçeva kabi ilğorlarga sovğalar topşirdilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶