YaNGI AVTOMOBIL OLIŞNI ISTASANGIZ, “NUKUS AVTOSAVDO” MÇJNING MANĞIT FILIALI XODIMLARI YoRDAM BERADI
Tadbirkor – elga madadkor, deydi dono xalqimiz. Çunki tadbirkorlar safi oşgan sari el-yurt farovonlaşib, xalqimizning oğiri yengillaşib boraveradi. Buni yurakdan his qilgan tadbirkorlar özlari faoliyat boşlagan yönalişlar böyiça xalqqa samarali xizmat körsatişga bel boğlaşgan. Bunday ezgu niyatlar bilan yaşayotgan tadbirkor insonlar tumanimizda talaygina.
Tadbirkorlik bilan şuğullanib kelayotgan amudaryolik Xurşid Pirmanov ham köpdan beri öylab yurgan rejasini amalga oşirib, Olmazor mahallasi hududida “Nukus avtosavdo” masʼuliyati çeklangan jamiyatining Manğit filialiga qaraşli avtosalon taşkil etdi. Filialning asosiy vazifasi mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda işlab çiqarilgan avtomobillarni buyurtmaçi-mijozlar talab va istaklari asosida tumanimizga olib keliş va filial orqali avtosavdoni amalga oşirişdan iborat.
Bunda birinçi navbatda xaridorning talablari inobatga olinadi. Şuningdek, mijozlarga xarid qilinadigan avtomobilni sifatiga, narxiga qarab tanlaş imkoniyati beriladi. Şu bilan birga avtosalon filiali avtomobil xaridi qulay bölişini, ortiqça ovoragarçiliklarning oldi olinişini taʼminlaydi.
Mazkur filial taşkil etilişi bilan ikkita işçi örni yaratildi. Yana ikki-uç oydan söng, yaʼni 2021-yildan boşlab filial qoşida avtomobillarga texnik xizmat körsatiş yönalişini ham yölga qöyiş rejalaştirilgan. Uşbu yönaliş taşkil etilişi bilan filialda yana ikki işçi örni yaratilib, ikki nafar aholi doimiy iş bilan taʼminlanadi. Filial binosida mijozlar uçun barça zarur şart-şaroitlar yaratilgan. Ikki qavatli körkam binoda öz faoliyatini boşlagan “Nukus avtosavdo” masʼuliyati çeklangan jamiyatining Manğit filiali ilk iş kunidanoq dastlabki mijozlarni qabul qiliş va ularning talab-istaklarini örganiş işlarini boşlab yubordi.
Endilikda tumanimiz aholisi özlari xohlagan avtomobillarni sotib oliş uçun Nukus şahridagi dilerlar ofislariga borib yurmaydigan bölişdi. Çunki filialga kelib, özi xohlagan rusumdagi avtomobil sotib olişni bildirişsa, ariza bilan murojaat qilişsa bas, filial xodimlari zudlik bilan işga kirişadilar va mijozlarning arizasida qayd etilgan rusumdagi avtomobilni xarid qiliş uçun şartnoma taqdim qiladilar.
Filial rahbariyati mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan holda xalqimizga munosib xizmat körsatiş, yana yangi faoliyat turlarini ham taşkil etişni rejalaştirişgan.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶