Jayxun ilhomlari
ŞUKUR QILING, ODAMLAR!
Koronavirus degan
Balo qayerdan kelgan?
Buni bir Xudo bilgan,
Ogoh böling, odamlar.
Xudo bergan bir sinov,
Har qadamda tösiq, ğov.
Körinmasdan qilar ov,
Huşyor böling, odamlar.
Kezmay behuda yurib,
Köçada suhbat qurib.
Faqat uyda ötirib,
Zikr qiling, odamlar.
Uydan heç joyga jilmang,
Yurak-bağringiz tilmang.
Köp ham vahima qilmang,
Sabr qiling, odamlar.
Bölsangiz soğlik tomon,
Yurgan bölsangiz omon.
Har nedan virus yomon,
Toqat qiling, odamlar.
Töxtadi katta bazm,
Bölmadi navo-nazm.
Öttiz odamlik bazm,
Fikr qiling, odamlar.
Kundan-kun yangi farmon,
Quloq solsin tirik jon.
Bor bölsa sizda imkon,
Amal qiling, odamlar.
Labbay, deb qoyim turib,
Yomon xayolni quvib.
Barini çetga surib,
Jasur böling, odamlar.
Kuyungandan ne hojat,
Xudodan sörang najot.
Bir kun bölar ijobat –
Şukur qiling, odamlar.
Bölsa kimki musulmon,
Diliga solib imon.
Öqib tilovat – Qurʼon,
Duo qiling, odamlar.
Şomurod Xöjanov, Dörman ovuli.
QIPÇOĞIMNING YoŞLARI
Sözlar şirin, bol kabi,
Qoşlar kamon yoy kabi.
Malohatda yagona,
Tunda tölin oy kabi.
Naqorat:
Qipçoğimning yoşlari,
Vatanim gözallari.
Qalbda nur quyoşlari,
Dilbar-u asallari.
Vaʼdalarga vafo bor,
Örtada nomus va or.
Ibratli işlaridan,
Barça bölar minnatdor.
Jayxun sohili makon,
Vatanga köksi qalqon.
Mehnatidan baxt topib,
Keltirar şavkat-u şon.
Barçani lol qoldirib,
Öynar davra töldirib.
Uşalsin orzu, niyat,
Armonlarni söndirib.
Bekbergan Tleumuratov.
BAXTIMSIZ
Yurar bölsam, yöllarim yoritguvçi,
Nogahon yiqilsam, qöldan tutguvçi.
Har doim intizor meni kutguvçi,
Onajon, baxtimsiz, siz jahonimsiz
Soçingizga tuşgan oq tolalar ham,
Bağrimni tilkalar közlarimda nam.
Siz-çun nimaiki qilsam, bari kam,
Onajon, baxtimsiz, siz jahonimsiz.
Dinora Karimboyeva,
NDPI talabasi.
Özbek qalbi
Osmonday kengdir, özbeklar qalbi,
Kavsar buloğiday pok erur qalbi.
Xiyonat qilmas, yor-u döstiga,
Yomonlik tilamas ona yurtiga.
Vatanni sotiş, biz uçun emas,
Bizlardan çiqmaydi vatanfuruşlar.
Vatanni asraydi, doim özbeklar,
Vatanni sotmaydi, aslo özbeklar.
Begzod Xalillayev,
48-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶