AMUDARYoLIK FERMERLAR EKKAN KUZGI BUĞDOY TEKIS UNIB ÇIQMOQDA
2021-yil hosili uçun Amudaryo tumanida 330 ta fermer xöjaliklarining jami 3800 gektar maydonida (şundan 1832,5 gektari ğöza qator oralariga, 1517,5 gektari ğalladan böşagan maydonlarga) kuzgi buğdoy ekiş rejalaştirilgan. Buning uçun avvaldan 11 ta fermer xöjaliklarida 233,1 gektar maydonga serhosil uruğlik ğalla ekilib, 2021-yil hosili uçun 700 tonna sifatli uruğlik don tayyorlangani ayni kunlardagi kuzgi buğdoy ekiş mavsumining maromida olib borilişini taʼminlamoqda.
Ekiş mavsumini qisqa muddatlarda ötkaziş maqsadida ğallani ekiş böyiça jadval işlab çiqilib, 18 ta otryad taşkil etildi. Unga köra, ekiş işlarida qatnaşadigan 18 ta yuqori unumli surim texnikalari va 34 ta zanjirli surim texnikalari, 2 ta ğalla ekiş seyalkasi, 60 ta çizel, 42 ta kultivator agregatlari, 50 ta yer tayyorlaş mexanizmlari, 50 ta yer tekislovçi, 16 ta öğit sepuvçi agregatlar, 21 ta egat olgiç moslamalar ekiş otryadlariga biriktirilib, taʼmirlaş-sozlaş işlari öz vaqtida yakunlandi.
Joriy yil ğalla ekiş mavsumi uçun zarur bölgan 950 tonna uruğlik zahirasi yaratilib, fosforli va kaliyli mineral öğitlar ğamlangani ekiş işlarining sifatli ötkazilişida muhim omil bölmoqda. Joriy yilning 17-sentyabr holatiga tumandagi ğallaçilik fermer xöjaliklari tomonidan 2550 gektar yer ekişga tayyorlanib, 2277 gektar maydonga kuzgi buğdoy ekildi.
Çoyköl ovuli hududidagi “Egambergenova Odina” fermer xöjaligida har yili ğalladan yuqori hosil yetiştiriladi. Fermer xöjaligi rahbari Begzod Saparovning tadbirkorligi, işning közini bilişi xöjalikning uşbu tarmoğini möl-köl daromad manbaiga aylantiriş imkonini bermoqda.
2021-yil hosili uçun joriy yilda 11,5 gektar maydonga ğalla ekilib, ğalla maydonlari 10 nafar pudratçiga bölib berildi. Ayni kunlarda bir tekis unib çiqayotgan buğdoy maysalarini zararkunanda haşarotlardan himoya qiliş maqsadida girbitsidlar bilan işlov beriş, kuzgi agrotexnik tadbirlarni sifatli ötkazişga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Ğalladan 35 tonna hosil olişni rejalaştirgan pudratçi va işçilar ğalla ekilgan maydonlar boşiga mahalliy öğit jamğariş, suv yöllarini tartibga keltiriş işlarini uyuşqoqlik bilan olib borişmoqda.

Azimbek Xolimbetov rahbarlik qilayotgan “Manğit boğboni” fermer xöjaligi kuzgi buğdoy ekiş rejasini tumanda birinçilardan bölib yakunladi. Xöjalik ğallakorlari 17 gektar yerdan 51 tonna hosil olişni niyat qilişgan.
“Adil Yarimbetov” fermer xöjaligida ham 30 gektar maydonga kuzgi don ekildi. Sifatli uruğlik tanlangani, ekişlik yerlar maromida tekislanib, uruğ vaqtida yerga tuşgani öz samarasini berdi.
2021-yilgi ğalla xirmonini 90 tonnaga yetkazişni rejalaştirgan Nuraddin Karimov rahbarligidagi xöjalik ğalla maydonlarida 30 nafar pudratçi va 15 nafar işçilar ahillik bilan mehnat qilişadi.
Mazkur xöjalikda ham bir tekis unib çiqayotgan buğdoyzorlarda ayni kunlarda kuzgi agrotexnik tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶