AMUDARYoDA YaNGI AVTOSALON ISh BOShLADI
Amudaryo tumanida “AUTO CENTRE QORAQALPOQ” masʼuliyati cheklangan jamiyati filiali oʻz ishini boshladi. Yangi avtosalonning ochilish marosimida tuman hokimi oʻrinbosari Jasur Norimov, hokim oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev tijorat banklari va boshqa korxona-tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdilar.
Tadbirda ishtirok etgan masʼullar bugungi kunda avtomobilsozlikni rivojlantirish va uning ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishda mahalliylashtirish muhim oʻrin tutishini taʼkidladilar. Shuningdek, mazkur soha rivoji iqtisodiyotni yanada yuksaltirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish, ishlab chiqarishga yangi va samarali texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish imkonini berishini, tumanda yangidan tashkil etilayotgan ushbu avtosalon ham bu borada muhim ahamiyat kasb etishini aytib oʻtdilar.
Tuman markazida tashkil qilingan avtosalon filialida xizmat koʻrsata boshlagan malakali mutaxassis Ikrom Salayev yordami bilan amudaryoliklar avtomashina xarid qilish uchun shartnoma olishga vaqt sarflab, boshqa shaharlarga borib yurishdek mashaqqatdan xalos boʻldidar, qolaversa, sohadagi yangiliklardan xabardor boʻlib boradilar.
Endilikda “AUTO CENTRE QORAQALPOQ” masʼuliyati cheklangan jamiyatining tumandagi filialiga tashrif buyurgan xaridorlar avtomobillarning yangi rusumlari, ularning narxlari haqida maʼlumotlar olish va xarid qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish, shartnomalar tuzish imkoniyatiga ega boʻladilar. Avtosalonda ish yurituvchi vazifasida faoliyat boshlagan mutaxassis Ikrom Salayev tomonidan avtoulov xarid qilish istagida boʻlgan yurtdoshlarimizga barcha xizmatlar koʻrsatiladi.
Tumanimizda tashkil etilgan ushbu yangi avtosalon yurtdoshlarimizning ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qilish bilan birga avtosanoat sohasining yanada rivojlanishiga xizmat qilishi shubhasiz.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶