“MANĞIT ARNA” KANALINING QUYI QISMIDAGI AMIR TEMUR NOMLI OVULGA OQAR SUV YeTKAZIB BERILMOQDA
Global iqlim özgarişi oqibatida dunyoning köplab davlatlarida kuzatilayotgan suv tanqisligi taʼsiri mintaqamizda yaqqol sezilmoqda. Ayniqsa, bu yil mamlakatimizda qiş nisbatan quruq kelgani, yoğingarçilik kam bölgani vaziyatni tobora murakkablaştirmoqda. Bu esa suğorma dehqonçilik qilinadigan ekin maydonlarida möljaldagi hosilni yetiştiriş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş uçun mavjud suv manbalaridan tejab-tergab foydalanişni taqozo etmoqda.
Respublikamizning barça tumanlarida bölgani kabi Amudaryo tumanida ham suv tanqisligi aholi, ayniqsa, suv yetkazib beruvçi kanallarning quyi qismida joylaşgan ovul va mahallalardagi suğoriladigan ekin maydonlariga sezilarli darajada salbiy taʼsirini körsatdi.
Jumladan, Amudaryo tumanidagi Böz yop, Xitoy, Kuyuk köpir, Bobur, Örta qalʼa, Amir Temur nomli ovullari hududagi aholi va yer maydonlarini suv bilan taʼminlovçi “Manğit arna” kanalida ham bu yil suv tanqis böldi. Suvni navbatma-navbat yetkazib jadvali asosida 11-sentyabr kuni Amir Temur ovuliga ham oqar suv yetib keldi. Ovul hudididagi ekin maydonlarini suğoriş hamda aholini suv bilan taʼminlaş uçun “Manğit arna” kanaliga bir hafta mobaynida sekundiga 1,5 metr kub miqdorida suv beriladi.
Aytiş kerakki, tumanlararo suv taqsimoti rejasiga asosan Manğit arna kanaliga sekundiga 3,5 metr kub hajmida suv limiti ajratilgan. Hozirgi kunda esa sekundiga 1-1,5 metr kub suv olinmoqda. Şu sababli kunlik suv miqdori isteʼmolçilarga navbatma-navbat yetkazib berilmoqda.

Şuningdek, suv tanqisligining salbiy taʼsirlarini yumşatiş maqsadida suv yetkazib beruvçi kanallarning quyi qismida joylaşgan ovul va mahallalar hududidagi isteʼmolçilarga qöşimça suv yetkazib beriş uçun “Çap Manğit” kollektoriga uç nuqtada jami 5 ta elektrlaştirilgan nasos agregatlari örnatilib, ular yordamida ekinlarni suğoriş işlari olib borilmoqda. Qoraqalpoğiston nasos stantsiyalari va energetika boşqarmasi tomonidan hududdagi fermer xöjaliklariga 15 ta kiçik köçma dizel nasos agregatlari ajratilib, suğoriş işlarida foydalanilmoqda.
Qolavesa, hududdagi aholi tomonidan tomorqa yer maydonlarini suğoriş uçun kiçik nasos agregatlari yordamida yer osti suvlaridan foydalaniş ham yölga qöyilgan. Bundan taşqari, hududdagi 70% ga yaqin aholi öz tomorqasini suğoriş hamda dehqonçilikdan möl hosil oliş maqsadida bosma quduq orqali tomorqa yerlaridagi ekinlarni suğoriş ilojlarini qörmoqda.
Amudaryo tumanida ekin yerlarini suğorişda zamonaviy texnologiyalardan foydalanişga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, joriy yilda tuman hududidagi 72 gektar yer maydoni tomçilatib suğorilgan bölsa, 2021-yilda jami 667 gektar ekin maydonlarini tomçilatib suğoriş böyiça manzilli röyxat tuzilgan.
Şu bilan birga tumandagi suv taʼminoti oğir hududlarda aholi tomorqalari va qişloq xöjaligi yer maydonlarini suğorişni taʼminlaş maqsadida Amir Temur nomli ovul hududida ikkita, Çordara mahallasida bitta artezian quduqlarini qaziş rejalaştirilgan bölib, bu orqali uşbu hududlardagi jami 95 ta xonadonlarning 13,8 gektar yer maydonlarini suv bilan taʼminlaş közda tutilgan.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶