NOQONUNIY VALYuTA SAVDOSIGA ÇEK QÖYILDI
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda ötkaziş jinoyat hisoblanadi. Ança miqdorda valyuta qimmatliklarini oliş yoki ötkaziş javobgarlikni oğirlaştiruvçi holat hisoblanadi va maʼmuriy jazo qöllanilmasdan töğridan töğri jinoiy javobgarlikni keltirib çiqaradi. Afsuski, bu borada köplab tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borilayotganiga qaramasdan çet el valyutalarining noqonuniy savdosi bilan şuğullanuvçi fuqarolar hamon uçrab turibdi.
Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş Departamenti tuman bölimi tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda xuddi şunday iqtisodiy jinoyatga çek qöyildi.
Bölimga kelib tuşgan maʼlumotlarga asosan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.B.dan qonunga xilof ravişda “Manğit dehqon bozori” hududida fuqaro N.T. har bir AQŞ dollarini 10 ming sömdan, jami ikki yuz AQŞ dollarini sotib olganligi aniqlandi. Natijada fuqaro A.B.dan jami 3 mln. 50 ming Özbekiston sömi va 100 AQŞ dollari miqdoridagi pullar xolis guvohlar iştirokida aşyoviy dalil tariqasida olib qöyilib rasmiylaştirildi. Huquqbuzarga esa tegişli tartibda qonuniy çora körildi.
S.Qurbanov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi katta inspektori.
A.Karimullayev, Departamentning tuman bölim inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶