ULAR HURLIK, OZODLIK UÇUN KURAŞGAN FIDOYILAR EDILAR
Azizlar, sahifalari palapartiş yirtilgan kitobni varaqlab körganmisiz? Agar bir marta bölsa-da, varaqlagan bölsangiz, könglingizdan nelar keçdi?
Albatta, biri-biriga ulanmagan tömtoq fikrlar, xulosalarning mazmun-mohiyatini anglaşdan qiynalib, xunob bölasiz. Nenidir bilişni, tuşunişni istayotgan könglingiz xijil böladi. Agar bu kitob tarixiy bölsa, yuragingiz siqiladi, zulmat qaʼrida miltillab turgan çiroq kabi yirtilgan kitobning sahifalari sizni izlanişga, örganişga çorlayotganday tuyulaveradi... Qançalik maşaqqatli bölmasin, öşa miltillagan çiroq nuriga intilaverasiz.
Şular haqida öylarkanman. Buyuk yapon faylasuf adibi Ryunoske Akutagavaning “... tarix sahifalari yirtilgan kitobga öxşaydi”, degan fikrlari yodimga tuşadi. Nazarimda biz özbek xalqining, balki sobiq SSSR tarkibidagi 15 ta respublika xalqlarining yaqin ötmişi – ötgan asrning birinçi yarmida keçgan hayoti ham ana şunday yirtilgan kitob sahifalari kabi öta ayançli, öta dahşatli tarixiy keçmiş edi.
Eʼtibor bering: Tarixda “katta terror” nomi bilan maşʼum iz qoldirgan 1937-1938-yillarda sobiq sovet imperiyasi böyiça 1,5 mln.dan ziyod begunoh kişilar qamoqqa olingan. Şundan 700 ming nafari otilgan. Birgina bizning Özbekistonda 1937-1938-yillarda 10 ming 700 nafar kişi qamoqqa olinib, 3613 nafar begunoh insonlar otib taşlangan. 7087 nafar kişi esa kamida 8-10-yilga qamalgan, aksariyati uzoq Sibir ölkalariga surgun qilinib, sovuq va oçlikdan qattiq azob çekişgan.
Avval Xorazm viloyatiga qaraşli bölgan sobiq Manğit tumanining özidan 100 nafardan ziyod yurtdoşlarimiz ana şu dahşatli “katta terror” qurbonlari bölişgan. Ularning köpçiligi yo otilgan, yo qamalgan va sovuq ölkalarga surgun qilingan.
Xöş, bu insonlarning gunohlari nima edi? Yurt talaşişdimi yoki mol-mulk talaşişdimi? Yöq! Ular qalblarida imon-eʼtiqodlari sobit, vatanparvar, xalqparvar, ilm-u maʼrifatli, ziyoli va tadbirkor edilar. Ana şu ilğor fikrlilik, ilm-u maʼrifatda ustunlik ularning eng katta “aybi” edi. Yaqin-yaqinlargaça bu insonlarning ism-şariflarini tilga oliş, ularning nomlari bilan boğliq ezgu işlar haqida söz oçiş – özni balo-yu ofatga duçor qiliş bilan barobar edi. Hatto “xalq duşmani” tamğasi bilan qatağon etilgan insonlarning farzandlari, yaqinlari bilan muloqotda böliş ham yuraklarda vahima uyğotardi...
Oliy hakam – Vaqt köp ğuborlarni sidirib ötdi. Kamsitişlar, azoblar, xörlaşlarga barham berildi-yu, ammo xalqimiz yuragida çuqur çandiq qoldi. Mustaqillik ana şu çandiqqa malham böldi. 1999-yil 12-maydagi 999-sonli Prezident Farmoni va uşbu Farmonga qöşimça Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-iyuldagi “Vatan va xalq ozodligi yölida qurbon bölgan fidoyilar xotirasini abadiylaştiriş töğrisida”gi Qarori qatağon azoblarini unutmagan xalq qalbiga quvonç bağişladi. Ajdodlari haqida emin-erkin sözlaş imkonini berdi. Minglab begunoh insonlar nomiga ilaşgan “xalq duşmanining farzandi” degan tamğani olib taşladi. Nihoyat, 2001-yil 1-mayda “Qatağon qurbonlarini yod etiş kunini belgilaş töğrisida”gi Prezident Farmoni eʼlon qilinib, mamlakatimizda 31-avgust “Qatağon qurbonlari xotirasi kuni” sifatida belgilandi, “Şahidlar xotirasi” xayriya jamğarmasi taşkil etilib, butun mamlakatimiz böylab qatağon qurbonlarining şaxsiy arxiv hujjatlarini tiklaş, ularning aziz nomlarini xotira kitobiga kiritiş, qilgan ezgu işlari haqidagi haqiqatlarni bugungi avlodlarga töla-tökis yetkazişdek xayrli işlar boşlab yuborildi.
Tumanimizda ham bu borada keng qamrovli işlar olib borildi. Xususan, tumanimizning har bir ovul va mahallasi hududi böyiça jiddiy izlanişlar olib boriş, qatağon qurboni bölgan begunoh insonlar haqida arxiv hujjatlari taxlamini tayyorlaş yuzasidan öşa paytdagi tuman hokimi Rajabboy Yöldoşev (Alloh rahmat qilsin!) 1999-yil 10 senyatbr sanasida 284-sonli qarorni imzoladi va tuman hokimligi qoşida Vatan va xalq ozodligi yölida qurbon bölgan fidoyilar xotirasini abadiylaştiriş böyiça 12 kişidan iborat işçi guruh tuzildi. Işçi guruh rahbarligiga öşa paytdagi tuman hokimining örinbosari Rustam Rözmetov tayinlandi.
Qizğin munozaralar, jiddiy izlanişlar asosida ötadigan işçi guruh aʼzolarining iş kunlariga, rejaviy yiğilişlariga guvoh bölgan bir ijodkor sifatida şuni aniq bilamanki, R.Rözmetov rahbarligidagi işçi guruh juda qimmatli maʼlumotlarni töplab, qatağondan keyingi hayoti maʼlum va nomaʼlum bölib qolayotgan köplab şahidlarning şaxsiy arxiv hujjatlari jildini tayyorlaşga muvaffaq bölişdi.
Quyida işçi guruh tomonidan tayyorlangan va tumanimizning turli hududlarida yaşagan, öz davrlarida xalq orasida katta obrö-eʼtibor qozongan hamda qatağon qurboni bölgan yurtdoşlarimizning röyxatini eʼlon qilmoqdamiz. Ular erk va ozodlik, mustaqillik yölida kuraşgan, azob çekkan, jonlarini fido qilganlar.
Ular kimningdir bobosi, otasi, ustozi, qadrdoni, bundan ham muhimi, yurtdoşi, hamqişloği. Har birini yuraklarda faxr-u iftixor bilan eslaşga munosib insonlardir.
Manğit şahar Boy ovul mahallasidan
1. Ataniyazov Hoji.
Manğit şahar Böston mahallasidan
1. Abdulla Namboy.
2. Ahmad baxşi.
3. Babajan bapa.
4. Siytniyoz ipakçi.
5. Ollabergan Sapayev.
6. Eşim qağoç.
7. Biserov Kadir.
Manğit şahar Navoiy mahallasidan
1. Yusupov Matniyaz.
Dörman OFYdan
1. Nurbayev Boyjon.
2. Mulla Yusuf xöja (Xöjayev).
3. Begmurot bobo.
4. Jumaniyozov Kuronboy.
(Barçasi nohaq otilgan)
Çoyköl OFYdan
1. Ahmedov Matyakub.
2. Şomuratov Yernazar.
3. Babaniyaz öğli Yeşçan Axmet.
4. Gulmirzayev Boymirza.
5. Mamutov Saparniyoz.
6. Firmanov Yöldaş.
Nazarxon ovulidan
1. Nazarxanov Yerali.
2. Nazarxanov Munaydar.
3. Asanxanov Sofi.
4. Dauirxanov Allayar.
5. Asanxanov Zinaylxan (Zinel töra).
6. Usenxanov Miramet.
7. Nazarxanov Nadir (töra).
8. Obiyev Gulman (töra). (Ularning köpçiligi xon avlodi bölişgan, nohaq otilgan va surgun qilingan).
Xitoy ovulidan
1. Mangliyev Matqurbon. (1950-yillar oxirida qamoqqa olingan, turmada vafot etgan).
2. Abdulla bobo
3. Usta Tajaddin (qamoqdan qaytib, 1986-1987-yillarda vafot qilgan).
4. Xujaniyozov Qabul. (Qurol) vafot qilgan.
5. Bayjanov Xidir (1957-yil turmadan kelib, 1973-yilda vafot etgan).
6. Dusçanov Atamurat.
7. Şasuor mulla bobo.
8. Yeşçanov Jumat.
9. Qoraboy bobo.
10. Nurimbetov Aymok.
11. Allamberganov Xolmurot.
12. Qadirov Matyakup.
Qipçoq ovulidan
1. Seydametov Quvat (1909-yilda tuğilgan, 1943-yil 2-aprelda qamalgan. 1974-yilda vafot qilgan).
2. Yusuf Eşon bobo, 1943-yilda qamalgan.
3. Sidiq maxsum.
4. Sultonboy Eşon.
5. Ğoip Oxun.
6. Murot Oxun.
7. Isoq maxsumlar qaysi yili, qayerda vafot etişgani nomaʼlum.
Yuqoridagi işçi guruh tomonidan tayyorlangan arxiv hujjatlari yiğma jildida Tölqin, Oq oltin, Jumur ovul, Qangli ovullari böyiça maʼlumotlar berilmagan.
Robiya YÖLDOŞEVA tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶